» » Buxoroda xorijiy investor Respublika ishchi guruhidan yordam so‘radi

Buxoroda xorijiy investor Respublika ishchi guruhidan yordam so‘radi


Davlat rahbarining “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tuzilgan respublika ishchi guruhi Buxoro viloyatida tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Ishchi guruhining Kogon tuman hokimligi binosida Buxoro, Kogon shaharlari va tumanlari hamda Qorovulbozorda faoliyat yuritayotgan ishbilarmonlar bilan dastlabki muloqotida Janubiy Koreyaning Inchon shahri Korea medical fund Sangwon Clinik Himchan klinikasi ma’muriyati bo‘lim boshlig‘i Kim Kyu Yong murojaat qildi. Gap shundaki, Buxoro shahrida mazkur klinikaning filiali barpo etildi. E’tiborlisi, koreyalik investorlar bu loyiha ro‘yobi uchun 6 million AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri sarmoya kiritmoqda. Shuning 3 million AQSh dollarini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar tashkil etadi.

—Biz bu uskunalarni O‘zbekiston bozorida sotish emas, balki aholiga jahon andazalari darajasida tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun olib kelyapmiz, — deydi Kim Kyu Yong. — Ammo bizdan buning uchun ko‘plab hujjatlar talab qilishyapti, ortiqcha sarf-xarajatlarga qolyapmiz.

Surishtiruv shuni ko‘rsatdiki, bu masalada bojxona tizimida hech qanday muammo yo‘q. Faqat mazkur tibbiy asbob - uskunalar tegishli tartibga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan olti oy muddat ichida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim ekan. Shu “olti oy muddatda” degan yozuv xorijiy investorning qo‘lini bog‘lab turibdi.

Ularni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun nega o‘n yoki yigirma kun kifoya qilmaydi? Qolaversa, respublikada noyob sanalgan bu tibbiy jihozlar qancha tez olib kirilsa shuncha yaxshi emasmi? Ishchi guruhi masalaga shu nuqtai nazardan yondashib, masalani respublika darajasida hal etishga kirishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют