» » Hindistonda bortida 13 kishi bo‘lgan samolyot yo‘qoldi

Hindistonda bortida 13 kishi bo‘lgan samolyot yo‘qoldi


Hindistonda 3-iyun, dushanba kuni An-32 harbiy-transport samolyoti parvozdan yarim soat o‘tgach, bortida ekipaj a’zolari va yo‘lovchilari bilan radarlardan g‘oyib bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar qiladi.

Xabarlarga ko‘ra, harbiy samolyot mamlakatning shimoli-sharqidagi Assam shtatidagi Djorxat aeroportidan havoga ko‘tarilgan. Ammo samolyot yarim soatdan so‘ng radarlardan g‘oyib bo‘lgan.

Yo‘qolgan samolyot bortida sakkiz nafar ekipaj a’zosi va besh nafar yo‘lovchi bo‘lgan.

Yo‘qolgan samolyotni qidirish uchun Su-30 qiruvchi hamda maxsus operatsiyalar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan S-130 harbiy samolyotlari safarbar qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют