» » Fransiyada g‘oyib bo‘lgan qiruvchi samolyot halokatga uchragani aniqlandi

Fransiyada g‘oyib bo‘lgan qiruvchi samolyot halokatga uchragani aniqlandi


Fransiya harbiy-havo kuchlarining 9-yanvar kuni ertalab radarlardan yo‘qolib qolgan Mirage 2000D qiruvchi samolyoti Fransiya sharqida halokatga uchragan, samolyot bo‘laklari topildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Avvalroq bortida ikki kishi bo‘lgan samolyot Nansi-Oshe aviabazasidan havoga ko‘tarilgani, qiruvchi Yura tog‘ massivi ustidan uchib o‘tayotgan vaqtda, u bilan aloqa yo‘qolgani xabar berilgan edi.

Fransiya mudofaa vazirligi Mirage 2000D qiruvchisi bilan aloqa yo‘qolgani haqidagi ma’lumotni tasdiqladi. Ta’kidlanishicha, samolyot Su va Yura departamentlari chegarasi osmonidan past balandlikda o‘quv-sinov mashg‘ulotlarini amalga oshirayotgan edi.

Halokat joyidan parashyut topilgan. Ekipaj a’zolarini qidirish operatsiyasi davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют