» » Fransiyada qiruvchi samolyot tasodifan zavodga bomba tashladi

Fransiyada qiruvchi samolyot tasodifan zavodga bomba tashladi


Fransiyada Mirage 2000 qiruvchi samolyoti tasodifan zavodga bomba tashladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Hodisa 10-aprel kuni Luara departamentida yuz bergan. Fransiya harbiy-havo kuchlarining ikkita samolyoti Nojan-sur-Vernisson aholi punkti ustidan uchib o‘tayotgan vaqtda, ulardan biri bombasini tushirib yuborgan. Bomba Faurecia kompaniyasiga tegishli zavod ustiga borib tushgan. Oqibatda ikki kishi jarohatlangan.

Fransiya harbiy-havo kuchlari vakilining so‘zlariga ko‘ra, zavodga tushgan bomba mashg‘ulotlar uchun mo‘ljallangan va unda portlovchi modda bo‘lmagan, uni Reyms yaqinidagi poligonga tashlash rejalashtirilgan edi. Holat yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2018, 21:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют