» » Ramazon tuhfasi: Namanganda “Hidoya” islom bilim yurtining yangi binolari foydalanishga topshirildi (foto)

Ramazon tuhfasi: Namanganda “Hidoya” islom bilim yurtining yangi binolari foydalanishga topshirildi (foto)


Ramazon hayiti arafasida Namangan shahridagi “Hidoya” o‘rta maxsus islom bilim yurtining yangi o‘quv binosi, sport zali va anjumanlar zali foydalanishga topshirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Bunga bag‘ishlangan marosimda so‘zga chiqqan viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning qayd etishicha, davlat rahbari 2018-yili viloyatga tashrifi chog‘ida “Hidoya” bilim yurti joylashgan hududni diniy-ma’rifiy majmuaga aylantirish yuzasidan ko‘rsatma bergan. Shundan so‘ng bu yerda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlariga 10 milliard so‘m mablag‘ sarflandi va 3 ta koshona qad rostladi. Qolaversa, viloyatda Islom akademiyasining malaka oshirish markazi filiali ham faoliyat ko‘rsatishi ko‘zda tutilgan.

3 qavatdan iborat o‘quv binosi keng, shinam va yorug‘ sinf xonalari, kutubxona, ma’naviyat va ma’rifat, lingofon, so‘nggi rusumdagi kompyuterlar bilan jihozlangan informatika xonalaridan iborat.

Yuvinish, kiyinish, tibbiyot va murabbiylar xonalariga ega 18x30 hajmdagi sport zalida talabalar sportning voleybol, basketbol, stol tennisi, tosh ko‘tarish, kurash va shaxmat turlari bo‘yicha shug‘ullanishi uchun sharoitlar yaratilgan.

200 o‘rinli anjumanlar zali esa turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, majlislar o‘tkazish uchun barcha imkoniyatlarga ega.

—O‘zim shu bilim yurtini 2002-yilda tamomlaganman. Shundan beri bu dargohda Qur’oni karim va tajviddan talabalarga saboq berib kelaman. Shaharning Oromgoh dahasidagi 5,7 gektarli eng bahavo hududida joylashgan “Hidoya” maydoni, yaratilgan qulayliklari jihatidan mamlakatdagi 9 ta islom bilim yurti orasida peshqadami sanaladi. Bu sharoitlar talabalarimizga ham o‘zining ijoyuiy ta’sirini ko‘rsatadi, albatta. Ular orasida mamlakatimiz va Malayziya, Misr, Eron, Kuvayt hamda Saudiya Arabistonidagi Qur’on musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelayotgan shogirdlarimiz borligidan faxrlanamiz, — deydi O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilining o‘rinbosari Obidxon Ikromov.

Hozirda bilim yurtida 30 nafar o‘qituvchi 160 nafar talabaga saboq berib kelmoqda.

Har yili o‘quv yurtida bir o‘ringa 8-10 nafar ilm talabgorlari da’vogarlik qilib keladi va bu ham bilim yurtlari orasida yuqori ko‘rsatkichlardan hisoblanadi.

Yangi binolarni foydalanishga topshirish marosimida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Komilov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining maslahatchisi Abdulhakim qori Matqulov, viloyat bosh imom-xatibi Abdulhay qori Tursunov so‘zga chiqib, talabalar va yig‘ilganlarni mazkur go‘zal majmua hamda Ramazon hayiti bilan muborakbod etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2019, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют