» » Hindistonda amaldor maktabga kirib qolgan ilonni qutqardi

Hindistonda amaldor maktabga kirib qolgan ilonni qutqardi


Soliq inspektori sher Singx Hindiston maktablaridan biriga kirib qolgan ilonni qutqardi, deb xabar berdi “TASS”.

Ma’lum bo‘lishicha, 1-iyun kuni sinfga katta ilon sudralib kirib, o‘quvchi va o‘qituvchilarni vahimaga solgan. Maktab ma’muriyati uni tayoq bilan urib, zaharli pestitsid quyishni boshlagan. Ilonlarni yaxshi biladigan Singx bu katta, lekin butunlay xavfsiz katta ko‘zli ilon (Ptyas mucosa) ekanligini ko‘rgan. Bunday ilonlar butun Janubiy Afrikada yashaydi va uni “Hindiston qalamush iloni” deb ham atashadi.

“Odam ilonni ko‘rishi bilan unga hujum qilishi odatiy hol. Maktab xodimlari ilonga pestitsid quydi. Lekin u “kalamush iloni”. U zaharli emas va faqat siz unga hujum qilganingizda chaqishi mumkin”, — degan Singx. “Hamma ilonlar ham zaharli va odamlar uchun havfli emas”, — deb qo‘shimcha qilgan u.

U jabrlangan ilonni olib, somoncha yordamida uning oshqozonini suv bilan yuvgan. Qayd etilishicha, hozirda ilonning ahvoli yaxshi bo‘lib, u tuzalib ketgach yovvoyi tabiatga qo‘yib yuboriladi.

Soliq inspektorining harakati mahalliy OAVlarda shou-shuv bo‘lgan. Uni nafaqat tabiat himoyachilari, balki mahalliy brahmanlar ham maqtagan. Induizmda ilonga juda hurmat bilan qaraladi, shu sababli ular ilonlarga ozor bermaslik kerak deb hisoblaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2019, 03:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют