» » Ogir atletika. Adhamjon Ergashev Jahon chempionatida 3 ta oltin medalni qolga kiritdi

Ogir atletika. Adhamjon Ergashev Jahon chempionatida 3 ta oltin medalni qolga kiritdi


Fiji mezbonligida bolib otayotgan (18-iyun kunlari) ogir atletika boyicha 20 yoshgacha bolgan sportchilar ortasidagi Jahon chempionatida ozbekistonlik sportchi AdhamjonErgashev oltin medalini qolga kiritdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

-67 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Ergashev dast kotarish mashqida 141 kg, siltab kotarish mashqida esa 173 kg, jami 314 kg natija qayd etdi. Etiborlisi, uning bu korsatkichini hech qaysi raqibi takrorlay olmadi. Kumush medal turkiyalik Muhammad Furqon Ozbekga nasib etgan bolsa, rossiyalik Zulfat Garayev bronza medali bilan taqdirlandi.

Takidlash joiz, bu galaba bilan Adhamjon Tokio Olimpiadasi uchun ham qimmatli reyting ochkolarini jamgarishga muvaffaq boldi.

Sportchining ushbu natijasi bilan Ozbekiston milliy olimpiya qomitasi muborakbod etdi:

Ozbekiston Milliy olimpiya qomitasi Sizni ajoyib galaba ogir atletika boyicha yoshlar ortasida Jahon chempioni sharafli unvonini muvaffaqiyatli himoya qila olganingiz bilan samimiy va qizgin qutlaydi. Ketma-ket ikkinchi bor Jahon birinchiligida oz vazningiz boyicha dunyoda tengi yoq eng kuchli polvon ekanligingizni yorqin va ishonarli namoyish etdingiz.

Fursatdan foydalanib, Siz kabi polvon yigitlarni tarbiyalayotgan ota-onangizga, ustozlaringizga va, albatta, Ozbekiston ogir atletika federatsiyasiga minnatdorchilik izhor etamiz, deyiladi xabarda.

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @daryo_sportga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (4-06-2019, 10:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -