» » “Progress” kosmik kemasi 4-iyunda Tinch okeaniga tushiriladi

“Progress” kosmik kemasi 4-iyunda Tinch okeaniga tushiriladi


Xalqaro kosmik stansiyaning “Progress MS-10” yuk kosmik kemasining ajralishi 4-iyunga rejalashtirilmoqda, deb xabar berdi “TASS”. Shu kuni kemaning atmosferada yonmagan qismi Tinch okeaniga cho‘ktiriladi.

“Exo Moskvi”ning yozishicha, ushbu yuk kemasi noyabr oyida Xalqaro kosmik stansiyaga 2,5 tonna yuk yetkazgan va yarim yilni orbitada o‘tkazgan edi. Kema Moskva vaqti bilan soat 11:40 da qaytariladi. Taxminan 3 soatdan keyin u atmosfera quyuq qatlamiga kiradi va qisman yonadi. Uning qoldiqlari esa Tinch okeanining kemalar qatnamaydigan qismiga tushadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2019, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют