» » Rasman: Lixtshtayner “Arsenal”dan ketishini ma’lum qildi

Rasman: Lixtshtayner “Arsenal”dan ketishini ma’lum qildi


Shveysariyalik himoyachi Shtefan Lixtshtayner “Arsenal”ni tark etadi.

“Hurmatli “kanonirlar”, biz ushbu ajoyib jamoa tarixida muhim burilish yasashga yaqin edik.

Lekin birdamlik… afsuski, buning o‘zi yetarli bo‘lmadi. Buni qabul qilish og‘ir. Men juda xafa bo‘ldim.

Bizning asosiy maqsadimiz — “Arsenal”ni dunyo bo‘yicha yuqori darajaga ko‘tarish hamda sovrinlar yutish edi. Ushbu buyuk jamoa bunga munosib.

Jamoadoshlarimga, murabbiy va uning yordamchilariga, barcha mehmatkash xodimlarga va “Arsenal” muxlislariga eng yaxshi tilaklarimni tilab qolaman.

Ishonchim komil, jamoa kelasi mavsum o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erisha oladi! Ushbu klubning bir bo‘lagi bo‘lganimdan xursandman.

Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun katta rahmat. Ko‘rishguncha, Shtefan”, — deb yozadi futbolchi o‘zining Instagram’dagi rasmiy sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, shveysariyalik 2018-yilda “Arsenal” tarkibiga “Yuventus”dan erkin agent sifatida kelib qo‘shilgandi. U ortda qolgan mavsum “to‘pchilar” safida barcha musobaqalarni hisoblaganda 23 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют