» » Toshkentda 20 yoshli talabani urib yuborib, halok qilgan haydovchi 20 million so‘m jarima evaziga ozodlikka chiqdi

Toshkentda 20 yoshli talabani urib yuborib, halok qilgan haydovchi 20 million so‘m jarima evaziga ozodlikka chiqdi


Toshkentda katta tezlikda mashina haydab kelayotgan haydovchi piyodalar o‘tish yo‘lagidan ketayotgan 20 yoshli talabani urib yubordi. Talaba kasalxonada halok bo‘ldi. Haydovchiga 20 million so‘m jarima to‘lash jazosi yuklatildi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar berdi.

Talabaningi ismi Muhammad Rahimov bo‘lib, u Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkentdagi filialida tahsil olgan. 2019-yil 11-fevral kuni soat 8:30 da u universitet qarshisidagi piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan edi. Trassaning 3 ta yo‘lagidagi mashinalar to‘xtab, piyodalarni o‘tkazib yuborgan. Ammo to‘rtinchi yo‘lakdan katta tezlikda kelayotgan Cobalt avtomobili tormoz berishga ulgurmagan va Muhammadni urib yuborgan.

“Bolamning sog‘ joyi qolmagan. Miyasi, suyaklari, oyoq-qo‘li singan. To‘qqizinchi kun kasalxonada hushiga kelmay jon berdi”, — deydi Muhammadning otasi Alisher Rahimov.

Cobalt haydovchisi 60 yoshli Nug‘mon Sodiqov avval prokuraturada ishlagan, hozirda Andijondagi “Nur Ziyo Femid” xususiy advokatlik idorasining egasi hisoblanadi. YTH sodir bo‘lgan joyda mashinaning tezligi 50 km/s etib belgilangan, ammo haydovchi 80 km/s tezlik bilan harakatlangan.

Talabaning ota-onasi baxtsiz voqea haqida universitet dekanidan xabar topgan. O‘tkinchi talabalar va o‘qituvchilar Muhammadga yordam berishga harakat qilgan. U yerdan o‘tib ketayotgan Mudofaa vazirligi feldsheri YTHni ko‘rib, to‘xtagan va “Tez yordam” kelgunicha Muhammadga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan. Haydovchi esa hech qanday harakat qilmagan.

Oradan 1,5 oy o‘tgach Nug‘mon Sodiqov  mahalla raisi va o‘z advokati bilan Muhammadning uyiga kelgan. Uni tanigan Muhammadning ota-onasi kelganlardan uydan chiqib ketishini so‘ragan.

3 oy davom etgan tergov harakatlaridan so‘ng Mirzo Ulug‘bek sudi 3-may kuni Nug‘mon Sodiqovni Muhammadning o‘limida aybdor deb topgan. JK 266-moddasi, 2-qismiga ko‘ra, uni 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish kerak edi. Ammo aybdorning yoshi ancha kattaligi hisobga olinib, JKning 50-moddasiga ko‘ra, jazo muddati qisqartirilgan va 4,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

Ammo Nug‘mon Sodiqov  sud qaroridan norozi bo‘lib, Toshkent shahar sudiga apellyatsiya bergan. 1 oydan so‘ng qayta sud o‘tkazilib, Nug‘mon Sodiqovning harakatlari ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan deb topildi va sud zalining o‘zida ozodlikka chiqarildi. Sud 15 daqiqa davom etdi. Muhammadning ota-onasiga sudda so‘z berilmadi. Aybdorga davlat hisobiga 20 million so‘m jarima to‘lash jazosi yuklatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 111) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют