» » “Vaqf” fondi Ramazon oyida 2 milliard so‘mga yaqin zakot va xayriya mablag‘larini tarqatdi (foto)

“Vaqf” fondi Ramazon oyida 2 milliard so‘mga yaqin zakot va xayriya mablag‘larini tarqatdi (foto)


“Vaqf” fondi Ramazon oyida 1,8 milliard so‘mlik zakot va xayriya mablag‘larini haqdorlarga yetkazdi. Ramazon oyida O‘zbekiston mo‘min-musulmonlarining xayr-u ehsonlarini muhtojlarga yetkazish maqsadida, “Vaqf” xayriya jamoat fondi bir qancha xayriya tadbirlarini tashkil etdi. Ramazon oyida tashkil etilgan yuzlab saxovat tadbirlarida qariyb 1,8 milliard so‘mlik zakot va ehsonlar ulashildi. Bu haqda “Vaqf” fondining matbuot xizmati xabar berdi.

Shundan, zakot mablag‘lari hisobidan 263 nafar muhtoj insonlarga 405 million 730 ming so‘m ulashildi. Mamlakat masjidlariga 118 million so‘mlik kitob taqdim etildi. Xayriya mablag‘lari hisobidan 173 million so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari kam ta’minlangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarga tarqatildi.

Diniy ta’lim muassasalari talabalarining to‘lov-shartnomalari, masjid, madrasa va ziyoratgohlar, ruhiy kasalliklar shifoxonasi uchun 440 million so‘m atrofidagi mablag‘lar sarflandi.

Fondning 14 ta hududiy filiallari tomonidan Ramazon oyi davomida qariyb 700 million so‘mlik zakot va xayriyalar 6 mingga yaqin haqdor insonlarga yetkazildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют