» » Jizzaxda iste’molchiga elektrdan 250 mln so‘m qarzdorlik yozildi. Surishtiruvlardan so‘ng u 250 ming haqdor ekanligi ma’lum bo‘ldi

Jizzaxda iste’molchiga elektrdan 250 mln so‘m qarzdorlik yozildi. Surishtiruvlardan so‘ng u 250 ming haqdor ekanligi ma’lum bo‘ldi


Jizzax shahri, Yunusobod ko‘chasida yashovchi S.Karimov O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga 1091 ishonch telefon orqali murojaat qildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

U o‘z murojaatida elektr energiyasidan 249 847 000 so‘m qarzdorlik yozilganligi bo‘yicha sms xabar kelganligi, bu bo‘yicha shahar elektr ta’minoti korxonasidan izoh so‘raganida murojaati e’tiborsiz qoldirilganini bildirgan.

Fuqaro 20 kun elektr energiyasiz qolgan. Iste’molchi qayta-qayta murojaat qilganidan so‘ng elektr ta’minoti korxonasi MIBga, MIB bo‘lsa yana elektr ta’minoti korxonaga murojaat qilishini aytgan. Ikki orada iste’molchi sarson, salkam 250 million qarz hazilakam summa emas.

Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan o‘rganildi va iste’molchiga 249 847 000 so‘m asossiz qarz yozilgan bo‘lib, aslida iste’molchi elektr energiyasidan oldindan 252 000 haqdorligi aniqlandi. Iste’molchining murojaati ijobiy hal bo‘ldi.

Ta’minotchi korxona ichidagi “o‘yinlar” birinchi marta emas. O‘z huquqini bilgan iste’molchilar tegishli tashkilotlarga murojaat qiladi, ammo qanchadan-qancha fuqarolar bunday noreal qarzdorlikni to‘layotganliklari sir emas. Elektr energiyasi mutasaddilari OAV orqali har safar “chet el tajribasini o‘rganyapmiz” deb aytadi. Yaponiya Energetika vaziri qishloqda 20 daqiqa elektr bo‘lmaganligi uchun aholidan rasmiy uzr so‘raydi. Bizdagilar chet el tajribasidan mana shunday ishlarni o‘ziga tajriba sifatida olsa yaxshi bo‘lardi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют