» » Jizzax aholisiga nega suyultirilgan gaz vaqtida yetkazib berilmayapti? (foto)

Jizzax aholisiga nega suyultirilgan gaz vaqtida yetkazib berilmayapti? (foto)


O‘zA Jizzax viloyati Do‘stlik tumani “Qahramon” qishloq fuqarolar yig‘ini hududidagi xonadonlarga suyultirilgan gaz vaqtida yetkazib berilmayotganini ma’lum qildi.

Andijon ko‘chasida yashovchi Bolbuvi Himmatova suyultirilgan gaz uchun oxirgi marta joriy yil 27-martda 22 ming so‘m to‘lab kelgan. O‘shandan beri hali gaz ololmayotgan keksa onaxonning oilasi o‘choqdan foydalanib kelmoqda.

“Ikki oydan beri gaz yo‘q. 21 ming so‘m pul to‘laganmiz. Yaqinda borsam, 92-o‘rindasiz, hali sizga gaz bera olmaymiz, deyishdi. Dala ishlaridan charchab kelib o‘choqda o‘t yoqib ovqat tayyorlaymiz. Uyda yosh bolalar, keksalar bor. Ayniqsa, ro‘za kunlari juda qiynalayapmiz. Arz qilmagan idoramiz qolmadi, ammo natija yo‘q”, — deydi O‘zbekiston ko‘chasi 91-uy 2-xonadonda yashovchi Zulxumor Eshmurodova.

Xonadonlarning ko‘pchiligida aynan shu ahvol. Buning ustiga suyultirilgan gaz ballonining bir donasi 21—22 ming so‘mdan to‘ldirilayotganidan ham aholi norozi.

“Qishloqda jami 1 ming 200 xonadon suyultirilgan gaz oladi. Yanvar oyidan shu kunga qadar hammasi bo‘lib 1 ming 861 ta gaz balloni tarqatdim, xolos. Odamlarning noroziligi to‘g‘ri. Ko‘pchilik to‘rt-besh oyda bir marta gaz olgan. Menga oylik berilmaydi, har bir ballonga 21 ming so‘mdan olishimni aytishgan. Shundan ming so‘mi menga qoladi. Bundan hammaning xabari bor”, — deydi qishloqni suyultirilgan gaz balloni bilan ta’minlovchi Abdusaid Abdukarimov.

Maxsus joy yo‘qligidan gaz ballonlari Abdusaid Abdukarimovning hovlisida saqlanar ekan.

Faqat “Qahramon” qishlog‘ida emas, tumanning suyultirilgan gazdan foydalanuvchi 6 ta qishloq fuqarolar yig‘ini hududida ham ta’minot yaxshi emas.

Masalaga yanada oydinlik kiritish maqsadida Paxtakor tumanlararo gaz ta’minoti uchastkasi Do‘stlik tuman bo‘limi ustasi Xayrulla Yaxshiliqov bilan telefon orqali bog‘langanilganida oylik belgilangan 70 tonna suyultirilgan gazni to‘liq olishda qiyinchilik bo‘layotgani, ammo olinayotganini aytgan. Lekin iste’molchilar pulini to‘lab ham gaz ololmayotgani sababini aniq izohlay olmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют