» » AQSh davlat departamenti viza olish jarayoniga ijtimoiy tarmoqlarning ta’siri haqida ma’lumot berdi

AQSh davlat departamenti viza olish jarayoniga ijtimoiy tarmoqlarning ta’siri haqida ma’lumot berdi


Endilikda Amerika vizasini olish uchun berilgan arizalar diqqat bilan o‘rganib chiqiladi. Xususan, konsulliklar arizachining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarini ham tekshiradi. Yangi qoida 2018-yilda taklif etilgan edi, biroq viza anketalari konsullik saytlarida yaqinda paydo bo‘ldi, deb xabar qiladi Forum Daily.

Anketani to‘ldirishga nima yangiliklar qo‘shilgan?

Ijtimoiy tarmoqdagi kontaktlar, oldingi telefon raqamlar, barcha elektron pochta manzillari va so‘nggi besh yilda xorijga amalga oshirilgan tashriflar. Oldinlar bu kabi ma’lumotlar yuqori terrorchilik darajasiga ega odamlardan so‘ralar edi.

Qaysi ijtimoiy platformalar tekshiriladi?

Facebook, Twitter, Instagram, YouTube, LinkedIn, Flickr, Google+, Reddit hamda Tumblr. Bundan tashqari AQShdan tashqarida mashhur bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar ham ko‘rsatilishi kerak, masalan — “VKontakte” yoki “Odnoklassniki”.

Viza olish qoidalariga kiritilgan yangi talablar AQShga turistik, ta’lim olish, ishlash yoki immigratsion maqsadlari bo‘lgan insonlarga tegishli. Diplomat va rasmiy delegatsiya a’zolariga yangi qoidalar taalluqli emas.

Agarda ariza beruvchi ijtimoiy tarmoqlardan hech qachon foydalanmagan bo‘lsa ham bu haqda tegishli bandni belgilashi lozim.

“Ariza beruvchi hech qachon ijtimoiy mediadan foydalanmagan bo‘lsa, bu unga viza berilmasligiga sabab bo‘la olmaydi”, — deyiladi AQSh davlat departamentining bayonotida.

Ammo yolg‘on ma’lumot bergan fuqarolarga viza berilmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2019, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют