» » Xorazmda “Ichki ishlar organlari ixtisoslashtirilgan o‘quv-amaliy kurslari” o‘z faoliyatini boshladi

Xorazmda “Ichki ishlar organlari ixtisoslashtirilgan o‘quv-amaliy kurslari” o‘z faoliyatini boshladi


Xorazm viloyati Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya tomonidan viloyat hokimligi bilan hamkorlikda Urganch shahridagi harbiy qismlardan birining bazasida “Xorazm viloyati ichki ishlar organlari ixtisoslashtirilgan o‘quv-amaliy kurslari” tashkil etildi. Bu haqda viloyat IIB xodimi podpolkovnik Z.Ismoilov “Daryo”ga xabar berdi.

O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 4-dekabrdagi 5408-sonli “Jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoyishiga asosan hududlarda ixtisoslashtirilgan o‘quv-amaliy kurslarini tashkil etish belgilangan edi.

Bu borada Mazkur kursda asosiy e’tibor ichki ishlar organlari xodimlarining ma’naviy-vatanparvarligini yanada oshirish, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash bo‘yicha vazifalarni hal etishda Ichki ishlar, Mudofaa vazirliklari hamda Milliy gvardiyaning xodimlari va harbiy xizmatchilarining uzviy hamkorligini tashkil etish, ularda jamoaviylik, uyushqoqlik hamda vazifalarni bajarishda dahldorlik tuyg‘ularini shakllantirish tizimini takomillashtirishga qaratiladi.

To‘liq rekonstruksiya qilingan binoda xodimlarni masofadan o‘qitish, axborot-kutubxona xizmatidan foydalanishlari, jismoniy va ma’naviy tayyorgarliklarini yuksaltirishlari va albatta belgilangan tartibda dam olishlari uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Ushbu ixtisoslashtirilgan o‘quv-amaliy kurslarining alohida tahsinga sazavorligi shundaki, o‘quv kurslarida o‘qiyotgan xodimlar kunning birinchi yarmida nazariy va amaliy o‘quv mashg‘ulotlariga, kunning ikkinchi qismida – mahallalarda va ommaviy jamoat joylarida jamoat tartibini saqlash hamda huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish maqsadida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari bilan birgalikda qo‘shma patrullik guruhlarida vazifalarni bajarishga jalb etiladi.

Ixtisoslashtirilgan o‘quv-amaliy kurslari ochilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda Xorazm viloyati hokimi, viloyat IIB boshlig‘i, viloyat prokurori, shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘mondoni va bir guruh Ichki ishlar organlari faxriylari ishtirok etdi. Tadbir mehmonlari o‘quv-kurslari binosida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют