» » Sharqiy harbiy okrugida Ichki ishlar organlari xodimlari uchun o‘quv-amaliy kurslar boshlandi

Sharqiy harbiy okrugida Ichki ishlar organlari xodimlari uchun o‘quv-amaliy kurslar boshlandi


Sharqiy harbiy okrugining Farg‘ona garnizonida Ichki ishlar organlari xodimlari uchun ixtisoslashtirilgan o‘quv-amaliy kurslarining boshlanishi munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma'lum qildi.

Tadbirda Sharqiy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni L.Buzrukov, Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik R.Mamatov so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni o‘quv-amaliy kurslari boshlanishi munosabati bilan qutladilar.

Tinglovchilarning ikki hafta davomida ta’lim olishlari uchun harbiy qismda barcha sharoitlar yaratilgan. Binolarda rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari olib borilgan, o‘quv-amaliy kurslari ishini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy-hayotiy sharoitlar hamda o‘quv-moddiy baza yaratilgan. Dars jarayonlariga malakali professor-o‘qituvchilar jalb etilgan.

O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 15—16-noyabrdagi Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida Nukus shahrida jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan “Xavfsiz shahar” konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab berilgan edi.

Ushbu tashkil etilgan kurslarning asosiy maqsadi huquq-tartibot idoralari xodimlarining ma’naviy vatanparvarlik tarbiyasi samaradorligini yanada oshirish, tinchlikni saqlash borasida Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklari hamda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari orasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xalqimizning tinch-totuv turmushini ta’minlashda shaxsiy mas’uliyatni shakllantirishdan iborat.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют