» » Yunusobodning Chinobod ko‘chasidagi to‘qqiz qavatli uylarga “sel keldi”. So‘nggi uch kun ichida ikkinchi marta (video)

Yunusobodning Chinobod ko‘chasidagi to‘qqiz qavatli uylarga “sel keldi”. So‘nggi uch kun ichida ikkinchi marta (video)


Toshkentda har safar kuchli yomg‘irdan so‘ng yo‘llar, chorrahalar, maydonlarning suv ostida qolishi odatiy holga aylanib ulgurdi. 5-iyun, chorshanba oqshomida kuzatilgan navbatdagi jaladan so‘ng, poytaxtning ayrim ko‘chalari yana suvga to‘ldi. Shahar hokimligidan ma’lum qilishlaricha, Toshkentni yomg‘irlar vaqtidagi “toshqin balosi”dan qutqarish uchun kamida 60 million dollar kerak.

Jala vaqtida shahar ko‘chalarining suv ostida qolishi — muammoning bir jihati. Tanganing boshqa tarafida ko‘p qavatli (va nafaqat ko‘p qavatli) uylar kvartiralariga tomdan suv toshib kirishi holatlari ham bor (afsuski, tom masalasi faqat Toshkent xalqaro aeroportining yangi terminallariga xos muammo emas). 5-iyundagi yomg‘ir vaqtida, jumladan, Yunusobod tumani Chinobod ko‘chasi bo‘yidagi to‘qqiz qavatli 8-uyning yuqori qavatlardagi kvartiralari yana suv ostida qoldi — xuddi shunday holat 3-iyundagi jala vaqtida ham kuzatilgan.

Xonadon egalarining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, yomg‘ir boshlangach, kamida yarim soat tomdan kvartiralarga chelaklab suv oqib kira boshlagan. Favqulodda holat nafaqat 9-qavatdagi, balki 8- va 7-qavatlardagi, hatto 5-qavatdagi xonadonlarga ham zarar yetkazgan. Ushbu “dom”ga xizmat ko‘rsatuvchi “Ustozoda” professional boshqaruv kompaniyasi rahbari Begimqul Berdiyev esa fuqarolarning dastlabki qo‘ng‘iroqlariga: “Yana suv toshdimi?”, deb, so‘ng telefonini o‘chirib qo‘ygan.

“Muammoning yechimi oddiy — tomda yig‘ilgan suvni tortib ketadigan quvurning ichida chiqindidan tozalansa, suv pastga tushib ketadi. Quvur ichi chiqindiga to‘lib ketgani uchun suv tomda yig‘ilib, so‘ng kvartiralarga oqib tushyapti. Xuddi shunday holat 3-iyun kuni ham bo‘lgandi. Begimqul akaga bir emas, bir necha bor telefon qilib aytdik. Bitta tross bilan nari borsa bir—bir yarim soatda to‘g‘rilasa bo‘ladigan muammo, lekin shu ham qilinmadi. Muammoni bartaraf etish uchun butun boshli bir sutka bor edi. Mana, uylarimizga yana suv toshdi”, — deydi Chinobod ko‘chasi 8-uyda istiqomat qiluvchi jabrlanuvchilardan biri.

Qayd etish joiz, hukumatning 4-yanvardagi qarori bilan Toshkent shahar hokimligi va Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2019-yilda Yunusobodda ko‘p kvartirali uy-joy fondini professional boshqaruv kompaniyalari tomonidan boshqarish bo‘yicha tajriba o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilgan edi. Aftidan, tajriba yarmiga ham yetmay pand beryapti — uy egalari oldida hisobdorlik va oshkoralik asosida faoliyat olib borishi lozim bo‘lgan bitta boshqaruv kompaniyasi oddiy bir muammoni hal qilish tugul, fuqarolarning qo‘ng‘iroqlariga ham javob berishni eplay olmayapti.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2019, 01:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют