» » Fotogalereya: Dunyoning eng chiroyli masjidlari

Fotogalereya: Dunyoning eng chiroyli masjidlari


5-iyun kuni Qozog‘istonda ham Hayit ayyomi nishonlandi. Shu munosabat bilan “NUR.kz” nashri dunyodagi eng chiroyli masjidlarning suratlarni to‘plab taqdim etdi.

Makkadagi “Masjidul harom”

Dunyodagi eng katta masjid islom olamining markazi — Makkada joylashgan. Bu yerga har yili dunyoning turli nuqtalaridan millionlab musulmonlar tashrif buyuradi.

Madinadagi payg‘ambar Muhammad (s.a.v) masjidi

Ushbu masjid kattaligi va ahamiyati jihatidan dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi. Islom arxitekturasining eng nozik jihatlarini o‘zida mujassam etgan masjidni qurish ishlari 622-yilda boshlangan. Payg‘ambar Muhammad (s.a.v) aynan shu yerga dafn etilgan.

Shayx Zoidning Abu-Dabidagi masjidi

Masjid Birlashgan Arab Amirliklarining asoschisi va birinchi prezidenti shayx Zoid ibn Sulton an-Nahayon sharafiga nomlangan. Dunyodagi eng yirik masjidlardan biri hisoblanadigan majmuaga dunyodagi eng katta gilam va diametri 10 metr keladigan Swarovski qandili o‘rnatilgan.

Maskatdagi Sulton Qobus masjidi

Kattaligi jihatidan dunyoda uchinchi o‘rinda turuvchi masjid. Uning ichini qo‘lga to‘qilgan gilamlar va ajoyib Swrovski qandili bezab turadi.

Istanbuldagi Sulton Ahmad masjidi

Marmar dengizi qirg‘og‘ida joylashgan islom va jahon arxitekturasining haqiqiy shedevri. Oltita minora hamda boshqa ko‘plab arxitektura va dekorativ ishlanmalar bilan bezatilgan.

Islomoboddagi Feysal masjidi

Tashqi ko‘rinishi bilan an’anaviy masjidlardan farq qiluvchi masjid.

Kasablankadagi Xasan II masjidi

Marokashdagi eng chiroyli masjidlardan biri. Ulkan o‘lcham va aql bovar qilmas chiroyga ega masjid ichidan Atlantika okeani ko‘rinib turadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2019, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют