» » Donald Tramp muzokaralar o‘tkazish maqsadida Eron prezidenti bilan uchrashishga tayyor ekanligini bildirdi

Donald Tramp muzokaralar o‘tkazish maqsadida Eron prezidenti bilan uchrashishga tayyor ekanligini bildirdi


Eronda harbiy operatsiyalar amalga oshirilish ehtimolligini bildirgan AQSh prezidenti Donald Tramp muzokralardan umid qilmoqda, deb xabar beradi “Kommersant”.

Reuters agentligining yozishicha, bu haqda AQSh prezidenti Britaniyaning ITV telekanaliga bergan intervyusida jurnalist tomonidan berilgan savolga javob qaytarayotib ma’lum qilgan. “Doimo imkoniyat bor. Men xohlaymanmi? Yo‘q, xohlamayman, lekin doim imkoniyat mavjud”, — deydi Tramp. Shuningdek, Amerika yetakchisi Eron prezidenti Xasan Ruhoniy bilan muzokaralar o‘tkazish maqsadida uchrashishga tayyor ekanligini bildirgan.

“Oq uyga kelganimdan buyon Eron eng dushman kayfiyatida bo‘lgan hudud hisoblanadi. U vaqtda Eron dunyodagi birinchi raqamli terrorchilar millati edi va hozirda ham shunday”, — deydi Donald Tramp.

Avvalroq, AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo agarda Eron atom qurollarini ishlab chiqarishni to‘xtatsa, AQSh yangi yadroviy bitim tuzishga tayyor ekanligini bildirgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2019, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 114) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют