» » Tramp KXDRlik diplomatning qatl etilgani haqidagi xabarlarga shubha bildirdi

Tramp KXDRlik diplomatning qatl etilgani haqidagi xabarlarga shubha bildirdi


AQSh prezidenti Donald Tramp Janubiy Koreya The Chosun Ilbo gazetasining KXDR Davlat kengashi maxsus vakili Kim Xyok Chxolning AQSh siyosatiga munosabati yuzasidan qatl etilgani haqidagi xabarlar rostligiga shubha bildirdi. “TASS”ning yozishicha, bu haqda Donald Tramp 5-iyun kuni Irlandiya bosh vaziri Leo Varadkar bilan uchrashuvda jurnalistlar bergan savolga javob berganda aytgan.

“Men bu xabarlar rost yoki yolg‘onligini bilmayman. Chunki biz muzokara o‘tkazgan shimoliy koreyalik kishilardan birini juda kuchli shaxs sifatida yaxshi bilamiz. Ular bu shaxs o‘ldirilganini aytib, bunda darhol Kim Chen Inni ayblashmoqchi. Lekin bunday emas. U yaqinda teartga tashrif buyurgan edi. Shu sababli u o‘ldirilmagan. Qolgan to‘rt nafar shaxslar haqida hech narsa bilmayman”, — degan Tramp.

May oyi oxirida Janubiy Koreyaning The Chosun Ilbo gazetasi AQSh bilan muzokaralarga mas’ul bo‘lgan Kim Yon Chxol o‘z lavozimidan bo‘shatilib, mamlakat shimolidagi provinsiyalardan biridagi katorgaga yuborilganini ma’lum qilgan.

Bundan tashqari, gazeta AQSh bilan Xanoy sammiti muvaffaqiyatsiz yakunlanganidan so‘ng uchrashuvni oliy darajada tayyorlagan KXDRning to‘rt nafar diplomati hamda KXDR Davlat kengashi maxsus vakili Kim Xyok Chxolning qatl etilganini ta’kidlagan.

Janubiy Koreya gazetasi, shuningdek, KXDR yetakchisining singlisi Kim Yo Chjonning Tramp bilan uchrashuv muvaffaqiyatsiz o‘tgani uchun jazo sifatida uy qamog‘iga hukm qilinganini ham aytgan.

Shimoliy Koreya bosh axborot agentligi (Koreya markaziy telegraf agentiligi — KMTA) bunday xabarlardan so‘ng , KXDR rahbarining singlisi Kim Yo Chjon va uning yordamchisi Kim Yon Chxolning yaqinda bo‘lib o‘tgan tadbirda birga tushgan suratlari ilova qilingan maqola chop etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют