» » KLM “kelajak samolyoti”da yo‘lovchilar qanotlarda joylashtiriladi (video)

KLM “kelajak samolyoti”da yo‘lovchilar qanotlarda joylashtiriladi (video)


KLM Airlines kompaniyasi FlyingV innovatsion samolyot loyihasini moliyalashtirishga rozi bo‘ldi, deb xabar berdi Hi-Tech.

V shaklidagi fyuzelyajga ega samolyot dizayni Yustus Benad tomonidan yaratilgan. Uning g‘oyasini esa Niderlandiyaning Delf texnika universiteti tadqiqotchilari guruhi amalga oshiradi.

Futuristik samolyotning g‘oyasi shundan iboratki, yo‘lovchilar kabinasi hamda yonilg‘i baklari va yuk bo‘lmasi samolyot qanotida joylashgan. Ishlab chiqaruvchilarning aytishicha, noodatiy tuzilish hisobiga umumiy aerodinamika yaxshilanib, yoqilg‘i sarflash tejaladi.

FlyingV samolyoti Airbus A350’ga nisbatan 20 foiz kam yonilg‘i sarflaydi, bunda uning saloniga xuddi shuncha (taxminan 314 nafar) odam sig‘adi.

Ushbu samolyot maketi Gollandiya aviaqatnovining 100 yilligi munosabati bilan Amsterdamning Sxipxol aeroportida namoyish etiladi. Samolyot 20-30 yildan keyin foydalanishga topshirilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют