» » Tailand parlamenti general Prayut Chan-Ochani bosh vazir etib sayladi

Tailand parlamenti general Prayut Chan-Ochani bosh vazir etib sayladi


General Prayut Chan-Ocha Tailand bosh vaziri lavozimidagi o‘rnini saqlab qoldi. Uning nomzodini mamlakat parlamentining 500 nafar a’zosi qo‘llab-quvvatlagan. Ovoz berish jarayonlari 10 soat davom etgan debatlardan so‘ng, to‘g‘ridan to‘g‘ri efir orqali uzatilgan, deb xabar beradi “TASS”.

Bosh vazir lavozimiga bundan tashqari Kelajak partiyasi yetakchisi Txanatxorn Chungrungreangkit ham kurashgan. Uning nomzodini harbiy hukumatga qarshi bo‘lgan siyosiy birlashma koalitsiyasi ilgari surgan. U 244 nafar deputat ovozini to‘plagan.

Ovoz berish jarayonlari ikki soatdan ortiqroq davom etgan. Har bir xalq vakili navbat bilan mikrofonga yaqinlashib, o‘z ovozini beradigan nomzod ismini aytgan. Tailanddagi saylovda 750 nafar deputat va senatorlarning 747 nafari qatnashgan. Uch nafar parlament a’zosi, senat raisi va Vakillik palatasi spikeri betaraf qolgan.

2014-yilning mayida Tailandda harbiy to‘ntarish amalga oshirilgan edi. Bu armiyaning Bangkokda bir necha oy davom etgan siyosiy norozilik namoyishlariga qarshi javobi bo‘lgan. To‘ntarish natijasida hokimiyatga general Prayut Chan-Ocha kelgan va u qirollik bosh vaziriga aylangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2019, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 114) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют