» » Britaniya parlamenti Brexit’ga nisbatan noto‘g‘ri munosabat uchun “Bi-bi-si” kelajagini savol ostida qoldirdi

Britaniya parlamenti Brexit’ga nisbatan noto‘g‘ri munosabat uchun “Bi-bi-si” kelajagini savol ostida qoldirdi


Britaniya parlamentining 70 dan ortiq deputati “Bi-bi-si” radiostansiyasining bosh direktori Toni Hollga maktub bilan murojaat qildi. Maktubda deputatlar korporatsiyadan tezda Brexit’ni yoritish siyosatini o‘zgartirishni talab qilgan. Aks holda “Bi-bi-si”ning kelajagi savol ostida qolishi mumkin. Bu haqda The Daily Telegraph nashriga asoslanib, “TASS” ma’lum qildi.

Deputatlarning fikriga ko‘ra, “Bi-bi-si” Brexit’ning iqtisodiy ustunliklarini yetarlicha yoritmayapti. Kompaniya Brexit’ga qarshi ovoz berganlarni qo‘llab-quvvatlab, Yevropa Ittifoqidan chiqishga qaror qilgan 52 % britaniyalik haqida unutib qo‘ymoqda.

Maktub oxirida esa parlament a’zolari korporatsiyaga qarshi asosiy ayblovni ilgari surdi. Unga ko‘ra, “Bi-bi-si” dunyo hamjamiyatining ko‘z o‘ngida qirollikning obro‘siga putur yetkazmoqda.

Deputatlar maktubda keltirilgan barcha kamchiliklar yaqin vaqt ichida bartaraf etilishiga umid bildirmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-03-2017, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют