» » “Oqtepa lavash” Sergelidagi zaharlanishga izoh berdi

“Oqtepa lavash” Sergelidagi zaharlanishga izoh berdi


“Biz suhbat va muzokaralar uchun ochiqmiz”, deb boshlanadi “Oqtepa lavash” kompaniyasining Facebook’dagi rasmiy sahifasida qoldirilgan xabarda.

“Bo‘lib o‘tganlar uchun javobgarlikni to‘liq o‘zimizga olamiz. Biroq hozir eng muhimi – jabrlanganlarga yordam berish”, — deyilgan xabarda.

Shuningdek, sahifada kompaniya rahbariyati zaharlangan bemorlar ahvolidan xabar olish uchun kasalxonaga borgani, hamda keltirilgan ma’naviy zarar va davolanish xarajatlarini qoplaganini xabar qilgan.

Sputnik muxbiri bilan bo‘lgan suhbatda kompaniya vakili zaharlanish sabablari hozircha 100% aniqlanmaganini va ushbu holat yuzasidan tekshirish o‘tkazilayotganini xabar qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda 4-iyun kuni 15 kishida ovqatdan zaharlanish holati qayd etilgani xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 118) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют