» » Qashqadaryoda o‘quvchilari jaziramada yo‘l va ariq tozalashga majbur qilingan maktab direktori jarimaga tortildi (video)

Qashqadaryoda o‘quvchilari jaziramada yo‘l va ariq tozalashga majbur qilingan maktab direktori jarimaga tortildi (video)


Ijtimoiy tarmoqlarda G‘uzor tumanida maktab o‘quvchilari jaziramada yo‘l va ariqni tozalashga majbur qilinayotgani aks etgan video tarqalgandi. Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan rolikda ko‘rsatilgan holat joyiga chiqqan holda tekshirildi.

Tekshirish yakunlari bo‘yicha maktab o‘quvchilarini obodonlashtirish ishlariga jalb qilganligi uchun G‘uzor tumanidagi 75-sonli maktab direktori Musulmanov Baxriddin MJtKning 51-moddasi 2-qismi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilib, unga nisbatan EKIH 5 baravari miqdorida jarima qo‘llanildi.

Shuningdek, inspeksiya tomonidan Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasiga qonun buzilishini bartaraf etish va kelgusida shu kabi kamchiliklarga yo‘l quymaslik yuzasidan taqdimnoma kiritildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют