» » Yunusoboddagi “sel kelgan” to‘qqiz qavatli uy muammosi hal qilindi

Yunusoboddagi “sel kelgan” to‘qqiz qavatli uy muammosi hal qilindi


Toshkent shahrida 5-iyun oqshomida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida Yunusobod tumani Chinobod ko‘chasidagi to‘qqiz qavatli uylarning yuqori qavatlarida suv toshishi holatlari yuz bergani haqida xabar berilgan edi. Toshqin to‘qqiz qavatli “dom”ning tomiga yig‘ilgan suvni tortib ketuvchi quvurning to‘lib qolgani va shu uyga xizmat ko‘rsatuvchi professional boshqaruv kompaniyasi tomonidan vaqtida tozalanmagani oqibatida yuz bergan.

Mavzuga doir: Yunusobodning Chinobod ko‘chasidagi to‘qqiz qavatli uylarga “sel keldi”. So‘nggi uch kun ichida ikkinchi marta (video)

Ma’lum qilishlaricha, 6-iyun kuni tongdan Yunusobod tumani 4-sektor boshlig‘i Jalol Mahamaddo‘stov, Yunusobod tumani Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi okrug rahbari G‘ulom Abdullayev, Toshkent shahar hokimligi mutasaddilari va boshqa mas’ullar muammoli holat qayd etilgan ko‘p qavatli uyga kelgan. Quvurni tozalash va ta’mirlash ishlari soat 10:00 da boshlanib, kunning ikkinchi yarmida to‘liq yakuniga yetkazilgan.

“Chinobod ko‘chasi 8-uyda istiqomat qiluvchilar ko‘rsatilgan yordam uchun mutasaddilarga minnatdorchilik bildiradi. Kelajakda bu kabi muammolar tegishli tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida o‘rganilib, bartaraf etilishiga, xonadon egalari professional boshqaruv kompaniyalari (shirkatlar)ning loqaydligi oqibatida moddiy va ma’naviy zarar ko‘rmaydi, deb umid qilib qolamiz”, — deyiladi shu uyda istiqomat qiluvchilarning “Daryo”ga taqdim etilgan murojaatida.

Qayd etishlaricha, kvartiralardagi suv toshishi holatlari to‘liq rasmiylashtirilib, yetkazilgan zarar miqdori hisoblab chiqilgach, uy egalari shirkatga to‘lovdan ma’lum muddatga ozod etilishi ma’lum qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 122) ( 0) ( 119) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют