» » Toshkent shahar IIBB bir guruh ko‘ngillilarga boshpanasiz insonlarga yordam bergani uchun minnatdorchilik bildirdi

Toshkent shahar IIBB bir guruh ko‘ngillilarga boshpanasiz insonlarga yordam bergani uchun minnatdorchilik bildirdi


Gulfiya Talipova ismli foydalanuvchi o‘z sahifasida ko‘ngillilar Toshkent shahar IIBB qoshidagi Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markaziga borganliklari to‘g‘risidagi fotohisobot joyladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

U suratlar ostida quyidagicha izoh qoldirdi:

“Do‘stlar, bugun sizga #Hayot #Ne’mati deb nomlangan loyiha ishtirokchilari haqida so‘zlab bermoqchiman. Ushbu ko‘ngillilar guruhi birlashib shanba kunlari ovqat tayyorlab muhtojlarga hamda boshpanasiz qolgan insonlarga tarqatishadi. Anchadan buyon bu kabi #SAVOB ish qilmoqchi bo‘lib turibsizmi? Bizga qo‘shilib ovqat tarqatishga ko‘mak berishingiz mumkin, shanba kunidagi vaqtingizdan atiga 1,5 soat ajratib, yoki tashkilotchilar bilan bog‘lanib sovun, shampun yoki oziq-ovqat uchun pul jo‘natishingiz mumkin. O‘rtacha har safar 400 nafar atrofida odamlar yig‘ilishadi. Batafsil ma’lumotlar telegram kanalda: t.me/foodforlifeuz. Parvardigor qilgan savob ishlaringiz uchun ajrni ko‘paytirib bersin!

Shu munosabat bilan Toshkent shahar IIBB o‘z sahifasida jamiyatning ijtimoiy zaif qatlamiga yordam berayotgan “Hayot ne’mati” ko‘ngillilariga va shahrimizda yashovchi befarq bo‘lmagan har bir insonga chin qalbdan minnatdorchilik bildirdi.

Bu ezgu ishda ishtirok etishni xohlovchilar uchun ma’lumot qoldiramiz. Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazi – bu ilgari shaharning turli ko‘chalarida tunashga majbur bo‘lgan insonlarga har tomonlama yordam ko‘rsatish maskanidir. Markazda qulay yotoq beriladi, u yerda qiyin ahvolda qolgan inson o‘zini tartibga keltirishi, toza kiyim kiyishi, hujjatlarni tiklashda yordam, huquqshunos va psixolog maslahatini olishi mumkin. Bu yerda yashovchi shaxslar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi – bu esa ular uchun odatiy qulay hayot tarziga qaytishda katta imkoniyatdir. Markazda yashovchi to‘rt yuzdan ortiq insonlar doimiy ravishda iste’mol mahsulotlariga, kiyimlar va dori-darmonlarga muhtojdir. Chetdan ko‘rsatilayotgan yordamga muntazam ravishda ehtiyoj bor.

Agar sizda yordam qo‘lini cho‘zish xohishi bo‘lsa, ammo aynan nima qilishni bilmasangiz, Markaz boshlig‘i Dushayev Bahodir bilan bog‘laning yoki Markazga keling. Markaz manzili: “Panelniy” massivi (Qo‘yliq), Baratxodja ko‘chasi, 3-uy. Xaritadagi nuqta: https://goo.gl/maps/SCwyQxbLbf92

Markazda hech qachon ortiqcha bo‘lmaydigan mahsulotlar:

1) yaroqlik muddati uzoq bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari (krupa, tuz, shakar, o‘simlik yog‘i va h.k.);

2) kiyim-kechak (erkaklar va ayollar kiyimi, yangi yoki ishlatilgan, ammo yaxshi holatdagi);

3) gigiyena vositalari (sovun, shampun, kir yuvish kukuni, tish pastasi va shetkasi, taroqlar,  sochiqlar);

4) maishiy hamda bo‘sh vaqtni unumli o‘tkazish uchun kerakli bo‘lgan vositalar (stol o‘yinlari, kitoblar va h.k.);

5) medikamentlar va tibbiyot vositalari (ayniqsa yotib qolgan bemorlar uchun ro‘yxatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri aniqlashtirish zarur).

Fuqarolardan moliyaviy yordam Markaz tomonidan qabul qilinmaydi, ammo agar sizning ehson qilishni niyat qilgan erkin pul mablag‘ingiz bo‘lsa – Toshkent shahar IIBB bilan bog‘laning, ular hozirda Markaz uchun nima zarurligini ma’lum qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 26) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют