» » O‘zbekiston Oliy Majlisi delegatsiyasi parlamentlararo komissiya yig‘ilishida qatnashish uchun O‘sh shahriga yetib bordi

O‘zbekiston Oliy Majlisi delegatsiyasi parlamentlararo komissiya yig‘ilishida qatnashish uchun O‘sh shahriga yetib bordi


O‘zbekiston Oliy Majlisi delegatsiyasi II Parlamentlararo komissiyaning yig‘ilishida ishtirok etish uchun Qirg‘izistonning O‘sh shahriga yetib bordi, deb xabar beradi Qirg‘iziston Jogorku Kenesh.

Komissiya ishida ishtirok etish uchun borgan O‘zbekiston parlamenti deputatlarini Jogorku Kenesh raisi o‘rinbosari Mirlan Bakirov boshchiligidagi rasmiy shaxslar kutib olgan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur komissiyaning birinchi yig‘ilishi 2018-yili Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan edi. Komissiya O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida parlamentlararo hamkorlikni, shuningdek, iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan.

Tomonlar ikki mamlakat qonunlarini unifikatsiya qilish, iqtisodiy aloqlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy aktlarni qabul qilish, avvalroq qabul qilingan ikki tomonlama qarorlarning amalga oshirilishini nazorat qilish kabi masalalar muhokama qildi. O‘sh, Jalolobod, Batken viloyatlarining Anjidon, Namangan va Farg‘ona bilan hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rishga kelishib olindi.

Parlamentlararo komissiyaning yig‘ilishi davomida O‘zbekiston Oliy Majlis Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev iyun oyining oxirida Qirg‘izistonga tashrif buyurishi ma’lum bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2019, 07:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 29) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют