» » SSV: Endi tabiblar ham qonuniy faoliyat yuritishi mumkin

SSV: Endi tabiblar ham qonuniy faoliyat yuritishi mumkin


22-may kuni qabul qilingan Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisidagi qonunga muvofiq, 1996-yil 29-avgustdagi Fuqarolar sogligini saqlash togrisidagi Ozbekiston Respublikasi qonunining 41-moddasiga qoshimcha va ozgartirish kiritildi. Bu haqda Sogliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unga kora,Tibbiy malumotga ega bolmagan shaxslar ham Ozbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligi huzuridagi Xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat korsatish faoliyatini litsenziyalash boyicha maxsus komissiyaning xulosasi asosida xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat bilan shugullanish huquqiga ega boladilar deya belgilab qoyildi.

Qonunga kiritilgan ozgartirishlar asosida Sogliqni saqlashvazirligi tomonidan Xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat korsatish faoliyatini litsenziyalash boyicha maxsus komissiya faoliyatini tashkil etish hamda xalq tabobati bilan shugullanishga davogarlik qiladigan shaxslarning murojaat qilish tartibini belgilovchi hujjat loyihalari tayyorlanmoqda.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-oktabrdagi PQ-3968-sonli Ozbekiston Respublikasida xalq tabobati sohasini tartibga solish chora-tadbirlari togrisidagi qaroriga binoan tashkil etilgan komissiya tarkibiga shifokorlar bilan bir qatorda, psixolog, texnika mutaxassislari, diniy va xalq tabobati kabi bir qancha soha vakillari kiritilgan.

Xalq tabobati bilan shugullanishni istagan tibbiy malumotga ega bolmagan shaxslar kelgusida ushbu komissiya vakillari oldida tibbiyot ilmidan qanchalik xabardor ekanligi, ozidagi bilim va davolash uslublarni amaliyotda qay darajada qollay olishi boyicha sinovlardan otadi, deydi Sogliqni saqlash vazirligi Litsenziyalash va akkreditatsiyalash boshqarmasi boshligi Farhod Rahimqulov.

Sinovdan muvaffaqiyatli otgan talabgor Maxsus komissiyaning tibbiy malumot orniga beriladigan xulosasini qolga kirtib, ushbu xulosa asosida tibbiy faoliyatning xalq tabobati usuli bilan shugullanishi uchun ornatilgan tartibda litsenziya oladi.

Malumki, avval tabiblar qonuniy royxatdan otmasdan faoliyat yuritgan. Shu boisdan, ular ishlab topgan pullardan davlatga soliq ham tolanmagan. Endi esa ular yuridik shaxs sifatida davlat royxatidan otib, shundan songgina faoliyat olib borishi belgilanmoqda.

Yana bir gap, Prezident qaroriga kora endilikda xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat korsatuvchi shaxslar oz faoliyati natijalari boyicha tibbiyot xodimlari uchun qonunlarda nazarda tutilgan hajmda javobgar hisoblanadi.

Alohida takidlash lozimki, endilikda mahalliy sogliqni saqlash tizimida xalq tabobatining roli oshiriladi, jumladan, ushbu yonalishda xizmat korsatuvchi xususiy tibbiyot muassasalari faoliyati har tomonlama qollab-quvvatlanadi, sogliqni saqlash tizimining ambulator va statsionar muassasalarida xalq tabobati usullarini qollash bilan kasalliklarni davolash boyicha maxsus bolimlar, dorixonalar tizimi tashkil etiladi.

Respublikadagi tibbiyot oliy oquv yurtlarining Davolash ishi, Pediatriya ishi, Tibbiy-pedagogika ishi bakalavriat yonalishlaridagi oquv dasturlariga xalq tabobati boyicha maxsus oquv sikli ham joriy etiladi. Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida esa xalq tabobati kafedrasi va Xalq tabobati yonalishi boyicha malaka oshirish kurslari tashkil qilinadi. Bu esa xalq tabobatining zamonaviy tibbiyot bilan integratsiyalashuviga xizmat qiladi.

Yana bir masalaga alohida toxtalish joiz. Xalqimiz orasida Quron oyatlari va turli duolar bilan bemor insonlarni davolovchi shaxslar ham bor. Endi ularga ham qonuniy faoliyat olib borishlari uchun litsenziya beriladimi, degan savol tugilishi tabiiy. Bunga javoban, shuni aytish kerakki, Adliya vazirligida 3111-son bilan royxatdan otgan Xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat korsatish tartibi va hajmlari togrisidagi nizomda okkultizm-afsun, shuningdek, diniy marosimlar orqali davolash xalq tabobati usullariga kirmasligi korsatilgan. Shu bois, diniy yonalishda bemorlarni davolovchi shaxslarga Sogliqni saqlash vazirligida tashkil etilgan maxsus komissiya tomonidan litsenziya berilmaydi, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
: admin (7-06-2019, 11:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
:
-
:
20 ... -