» » O‘zbekiston tibbiyot muassasalarida xalq tabobati xonalari ochiladi

O‘zbekiston tibbiyot muassasalarida xalq tabobati xonalari ochiladi


O‘zbekistonda xalq tabobati tibbiy yordamning qo‘shimcha usuli deb tan olingan. Prezidentning 12-oktabrdagi qarori bilan uni rivojlantirish bo‘yicha dastur tasdiqlandi, deb yozadi Norma.

Ushbu sohadagi xususiy klinika va dorixonalar qo‘llab-quvvatlanib, ambulator va statsionar tibbiyot muassasalarida ixtisoslashtirilgan bo‘limlar paydo bo‘ladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshida Xalq tabobatini rivojlantirish kengashi tashkil etilib, u mazkur faoliyatni tartibga solish bo‘yicha takliflarni tayyorlash bilan shug‘ullanadi. Unga malakali tabiblar, professional shifokorlar, xalq tabobati sohasidagi tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi shaxslar va boshqa mutaxassislar kiritiladi. O‘zbekiston xalq tabobati assotsiatsiyasini (jamiyati) tashkil etish rejalashtirilgan.

Xalq tabobati usullari bilan davolash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish litsenziyalashtirilgan faoliyat turiga aylanadi. Ushbu me’yorni amalga oshirish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshida maxsus komissiya tashkil etilmoqda.

Ushbu yo‘nalishda kadrlarni tayyorlash tizimi ham isloh qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-10-2018, 21:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют