» » Ngolo Kantening jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi

Ngolo Kantening jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi


Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Ngolo Kante Yevro—2020 musobaqasi saralashidan o‘rin olgan Turkiya hamda Andorraga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi. Bu haqda terma jamoaning rasmiy saytida xabar berildi.

Bellashuvlar 8 hamda 11-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. “Chelsi” a’zosi esa o‘ng tizzasidagi jarohat sabab mazkur o‘yinlarda ishtirok etmaydi.

Kante Yevropa Ligasi finalidan oldin jarohatlangandi. Biroq futbolchi jarohatga qaramay “Arsenal”ga qarshi bahsda to‘liq o‘ynadi.

Fransiyaning Belarus termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida esa Kante zaxirada qoldirilgandi. Uning qachon safga qaytishi haqida ma’lumot berilmagan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют