» » Kann kinofestivalida Gran-pri olgan Shokir Holiqov “O‘zbekkino” tomonidan sovg‘a qilingan servizga izoh berdi

Kann kinofestivalida Gran-pri olgan Shokir Holiqov “O‘zbekkino” tomonidan sovg‘a qilingan servizga izoh berdi


“Men shunchaki ‘O‘zbekkino’ tomonidan berilgan sovg‘aning suratini internetga joylab, minnatdorchilik bildirgan  edim, odamlar esa meni noto‘g‘ri tushunib, hamma yerga tarqatib yubordi”, — deydi rejissor Shokir Holiqov. Bu haqda Repost xabar berdi.

Avvalroq 72-xalqaro Kann festivali Gran-prisini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik yosh rejissor Shokir Holiqovga 6-iyun kuni “O‘zbekkino” serviz sovg‘a qilgani haqida xabar bergan edik. Bu haqda rejissorning o‘zi Facebook’dagi sahifasida e’lon qilgan. Biroq hozirda ushbu post o‘chirib tashlangan.

“Ushbu sovg‘ani menga ‘Panorama’da festival yakuniga bag‘ishlangan anjumanda berishdi. Men festival bo‘layotgan payt uyda edim. Tanlovda qatnashishimni esa hech kim bilmas edi. Ishimni internet orqali yubordim va g‘alabaga erishdim. Endi esa ortiqcha gap gapirgani ham qo‘rqib qoldim. Chunki mening minnatdorchilik bildirib qo‘ygan postim go‘yoki shikoyat tarzida internetda tarqagan. Hamma meni noto‘g‘ri tushundi, endi esa buni hech kimga uqtirib bo‘lmayapti”, — deydi Shokir Holiqov.

Eslatib o‘tamiz, Kann festivali doirasida Xoliqov o‘zining “Choy” nomli qisqa metrajli filmini taqdim etgan. Taqdimot imkoniyati cheklangan insonlarning dolzarb muammolariga jamoatchilik e’tiborini tortishga qaratilgan ENTRE 2 Marches loyihasi doirasida o‘tkazilgan.

16 daqiqa davom etadigan “Choy” filmi davomida insoniylik, oqko‘ngillik va qariyalarga nisbatan rahm-shafqat haqida so‘z boradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют