» » Toshkent viloyatida noma’lum shaxs 8 yoshli qizchani o‘g‘irlab ketishga urindi

Toshkent viloyatida noma’lum shaxs 8 yoshli qizchani o‘g‘irlab ketishga urindi


O‘zbekiston Bosh prokuraturasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, Toshkent viloyatida bir qizchani o‘g‘irlab ketishga uringan shaxsning olomon qilinishi aks etgan video yuzasidan axborot berdi.

2019-yil 5-iyun kuni Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani, “Toshloq” MFY, Navro‘z ko‘chasida yashovchi A.A. O‘rtachirchiq tumani IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida 2019-yil 5-iyun kuni taxminan soat 14:00 larda O‘rtachirchiq tumani, “Toshloq” MFY, Navro‘z ko‘chasida farzandi 15.05.2011-yilda tug‘ilgan T.Sh.ga noma’lum shaxs 1000 (ming) so‘m pul berib, unga “bu senga hayitlik, yur uyimga olib boraman” deb aytib, aldab olib ketmoqchi bo‘lgan vaqtida qizcha qarshilik qilganini shu mahallada yashovchi P.K. ko‘rib qolganligini va qo‘shnilar bilan birga ushbu noma’lum shaxsni ushlab olganligini, O‘rtachirchiq tumani IIBga holat yuzasidan xabar qilganligini, ushbu holat yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinishini so‘ragan.

Fuqaro A.A.ning ushbu arizasi 5.06.2019-yilda O‘rtachirchiq tumani IIB Shakl-2 kitobida ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan O‘rtachirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют