» » O‘zbekiston terma jamoasi KXDRni yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi KXDRni yirik hisobda mag‘lub etdi


FIFA kunlari doirasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 7-iyun, juma kuni Toshkentda KXDR termasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi.

Uchrashuvda hisob 29-daqiqada Odil Ahmedov tomonidan ochildi. Jaloliddin Masharipovga ishlatilgan qo‘pollik uchun turkmanistonlik hakamlar brigadasi penalti belgiladi, uni esa terma jamoa sardori aniq amalga oshirdi. Ikkinchi bo‘limning 65-daqiqasida Temurxo‘ja Abduholiqov Doston Ibrohimovning uzatmasini golga aylantirdi. Oradan uch daqiqa o‘tib, Igor Sergeyev raqib darvozaboni va himoyachisining xatosidan unumli foydalanib, hisobni yiriklashtirdi. O‘yinga yakuniy nuqtani qo‘yish ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Doston Tursunovga nasib etdi.

Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi Shimoliy Koreyani 4:0 hisobida mag‘lub etdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi bugungi o‘yinga qadar shimolliklar bilan 9 marta to‘qnash kelgandi. Shulardan 6 tasida O‘zbekiston g‘alaba qozongan, 2 ta bahsda durang qayd etilgan bo‘lsa, yana bitta o‘yinda koreyslarning qo‘li baland kelgandi.

O‘rtoqlik o‘yini

7-iyun, juma

Gollar: 1:0 — 29 Odil Ahmedov, 2:0 — 65 Temurxo‘ja Abduholiqov, 3:0 — 68 Igor Sergeyev, 4:0 — 90+2 Doston Tursunov.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют