» » Prezident raisligidagi yigilishda hududlarda sanoatni rivojlantirish va investitsiya faolligini oshirish masalalari muhokama qilindi

Prezident raisligidagi yigilishda hududlarda sanoatni rivojlantirish va investitsiya faolligini oshirish masalalari muhokama qilindi


Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 7-iyun kuni hududlarda sanoatni rivojlantirish, togridan-togri xorijiy investitsiyalarni ozlashtirishni jadallashtirish masalalariga bagishlangan videoselektor yigilishi otkazildi. Bu haqda Prezidentning rasmiy veb-saytida xabar berildi.

Malumki, davlat rahbarining Qoraqalpogiston va viloyatlarga tashriflari chogida qator korxonalar ishga tushirilgan, yana koplarining taqdimotlari otkazilgan edi. Bundan tashqari, hozirda Bosh vazir orinbosari boshchiligida ishchi guruh tuzilib, sanoati nisbatan ortda qolayotgan hududlar boyicha qoshimcha sanoat loyihalari ishlab chiqilmoqda. Bu loyihalarni infratuzilma quvvatlari mavjud obyektlar va maydonlarga joylashtirishga alohida etibor qaratilmoqda.

Yigilishda shu borada amalga oshirilayotgan ishlar Andijon viloyati misolida tahlil qilindi.

Mazkur viloyatda sanoat diversifikatsiya qilinmagani, ishlab chiqarish faqat ikki tarmoq avtomobilsozlik va toqimachilikka boglanib qolgani korsatib otildi. Hududiy sanoatda band bolganlarning qariyb 60 foizi, ishlab chiqarish hajmining 83 foizi ushbu tarmoqlarga togri keladi. Boz, Buloqboshi, Izboskan, Qorgontepa, Marhamat, Paxtaobod, Jalaquduq, Baliqchi, Ulugnor tumanlarida sanoat yaxshi rivojlanmagan.

Aholi zich yashaydigan, har qarich yer oltinga teng bolgan viloyatda 98 ta davlat obyektida zarur infratuzilmaga ega 90 gektar maydon va 163 ming kvadrat metr bino bosh turibdi. Prezidentning bunday bino va yerlardan samarali foydalanib, koproq ish orni yaratadigan korxonalar tashkil etish, tumanlarda sanoatni diversifikatsiya qilishga oid topshirigiga muvofiq, Andijon viloyatida 2022-yilgacha amalga oshiriladigan 236 ta yangi loyiha ishlab chiqildi.

Ular, avvalgi loyihalar bilan qoshib hisoblaganda, yaqin uch yilda qariyb 41 mingta doimiy ish joyi tashkil etish hamda 1 milliard 87 million dollar togridan-togri xorijiy investitsiyalarni ozlashtirish imkonini beradi. Viloyat sanoati diversifikatsiya qilinib, ishlab chiqarish hajmi qurilish materiallari tarmogida 4 barobar, elektrotexnika, charm-poyabzal va kimyo sohalarida 2,1 barobar, oziq-ovqat sanoatida 3 barobar kopayadi. Tumanlar miqyosida olganda, ularning sanoat salohiyati ancha oshib, ozaro tafovuti kamayadi.

Yigilishda har bir loyiha boyicha ijro jadvallari ishlab chiqib, oz muddatida amalga oshirish, loyihalarni elektr energiyasi va zarur resurslar bilan taminlash yuzasidan topshiriqlar berildi.

Davlat rahbari Fargona vodiysida sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun investitsiya fondi tuzilishini takidladi. Ushbu fond foizli kreditlar ajratmaydi, balki loyihada oz mablaglari bilan biznes hamkor sifatida ishtirok etadi. Dastlabki hisob-kitoblarga kora, bu say-harakatlar Andijon, Fargona va Namangan viloyatlarining har birida 10 mingta yangi ish orni yaratish imkonini beradi.

Shuningdek, kichik biznes loyihalari uchun garovsiz mikrokredit tizimini rivojlantirish maqsadga muvofiqligi takidlandi.

Videoselektorda bosh turgan yoki samarali foydalanilmayotgan davlat va nodavlat obyektlari hisobini yuritish, ular negizida korxonalar tashkil etib, ish orinlari yaratish masalasiga alohida etibor qaratildi.

Bosh turgan bino va inshootlarni ishga solish boyicha koplab vakolatlar berilganiga qaramay, mahalliy hokimliklar va soliq idoralari bu borada sezilarli ozgarish qilmagani tanqidiy baholandi. Ishlamay turgan inshootlar hududida barcha infratuzilmaga ega 22 ming gektar maydon borligi korsatib otildi. Aslida ular sanoatni rivojlantirish, ish orinlari tashkil etish uchun tayyor joy.

Yigilishda ushbu masala boyicha vazirliklar va hokimliklar oldida turgan muhim vazifalar togrisida Vazirlar Mahkamasining takliflari eshitildi.

Videoselektorda togridan-togri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, ozlashtirish va loyihalarni muddatida ishga tushirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati tarmoq va hududlar kesimida muhokama qilindi.

Joriy yilning besh oyi mobaynida hududiy loyihalar doirasida 1,6 milliard dollar, tarmoq loyihalari doirasida qariyb 1 milliard dollar togridan-togri xorijiy investitsiyalar ozlashtirilgani qayd etildi. Lekin, bu belgilangan moljaldan kamligi, ayrim viloyatlarda ozlashtirish yillik rejaning 35 foizga ham yetmagani korsatib otildi.

Xususan, Andijon viloyatida togridan-togri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va ozlashtirish borasidagi ishlar qoniqarsizligi bois, Investitsiya va tashqi savdo vaziri orinbosarlari viloyatdagi sanoat tarmoqlariga masul etib biriktirildi. Ular tarmoq birlashmalarini jalb etib, bosh turgan obyekt va maydonlar negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirish boyicha xorijiy investorlar uchun takliflar ishlab chiqadi. Mazkur takliflar elchilar bilan birgalikda chet elda investorlarga taqdimot qilinadi.

Mutasaddilarga ushbu yangi tizimni boshqa hududlarda ham joriy qilish, joylarga chiqib, xorijiy investorlar ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirishni tezlashtirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Yigilishda mahalliy hokimliklar rahbarlarining chet elga xizmat safarlari chogida erishilgan kelishuvlar ijrosiga ham toxtalib otildi. Aksariyat kelishuvlar doirasida investitsiyalarni ozlashtirish boshlangan bolsa-da, ayrimlari hozircha qogozda qolib ketayotgani tanqid qilindi.

Muhokama qilingan masalalar yuzasidan tarmoq va hududlar rahbarlari axborot berdi.



Manba: Daryo.uz
: admin (7-06-2019, 22:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 25) ( 0) ( 25) ( 0)
:
-
:
:
-
20 ... -