» » Londonda “Oltin qalam” mukofoti topshirildi

Londonda “Oltin qalam” mukofoti topshirildi


O‘zbekistonning Londondagi elchixonasida iCrossing Britaniya onlayn-marketing agentligining turizm bo‘yicha muharriri Jeremi Hidga jurnalistika sohasidagi “Oltin qalam” XIV Milliy mukofoti Tashkiliy qo‘mitasining haykalchasi va sertifikati topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Jeremi Hid “Chet ellik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun” nominatsiyasida g‘olib deb topilgan. Mukofot 2018-yilning noyabr oyida The Financial Times gazetasida chop etilgan “O‘zbekistondagi o‘ta tez yurar ‘Ipak yo‘li’” maqolasi uchun berilgan.

Uchrashuvda jahon matbuotida O‘zbekistondagi turizmni yoritish borasida britaniyalik jurnalist va blogerlarning amalda hal qiluvchi rol o‘ynayotgani ta’kidlandi. Birgina 2019-yilning so‘nggi besh oyida ular tomonidan mavzuga oid 120 dan ortiq material chop etildi.

Shu kabi maqolalar sababli O‘zbekiston turizm sohasidagi qator Britaniya maxsus jurnallarining tanlovlarida, jumladan “Eng tez rivojlanayotgan turistik yo‘nalish” va “Osiyodagi sayohat qilish uchun yaxshi joy” nominatsiyalarida g‘olib bo‘ldi.

O‘zbekiston turistik salohiyatining Britaniya OAVda keng yoritilishi va Birlashgan Qirollik fuqarolari uchun visasiz tartibning joriy qilinganligi natijasida ushbu mamlakatdan O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi turistlar soni o‘tgan yili 40 foizga, 2019-yilning birinchi choragida esa 100 foizga oshdi.

Tadbirning boshqa ishtirokchilari ham O‘zbekiston bilan bo‘gliq turli media loyihalarni amalga oshirish istagini bildirgan. Ularga ham kelgusi yilda “Oltin qalam” tanlovida ishtirok etishlari hamda 2019-yilning noyabr oyida Toshkentda o‘tkaziladigan “Buyuk ipak yo‘lida turizm” xalqaro turistik yarmarkasiga tashrif buyurish taklif etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2019, 03:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют