» » Namangandagi xalqaro investitsion forumda imzolangan kelishuvlar soni o‘ttizdan oshdi (foto)

Namangandagi xalqaro investitsion forumda imzolangan kelishuvlar soni o‘ttizdan oshdi (foto)


Namanganda “Doing business with Namangan - 2019” xalqaro investitsiya forumi davom etmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar berdi.

Tadbirda bevosita ishtirok etayotgan Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovning qayd etishicha, nafaqat poytaxt Toshkent, balki hududlarda ham shunday investitson forumlar tashkil etish rejalashtirilgan va ularning dastlabkilaridan biri Namanganda o‘tkazilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad hududlarni dunyoga tanitish, ularning ulkan imkoniyatlarini xorijiy investorlarga ko‘rsata bilishdan iborat.

— Forum doirasida ko‘plab taqdimotlar o‘tkazildi. Namanganning turli soha va yo‘nalishlardagi salohiyati namoyish etildi. Birgina tekstil sohasini oladigan bo‘lsak, bugun Namanganda dunyoning yirik markazlaridan biri paydo bo‘lmoqda, — dedi bosh vazir o‘rinbosari.

“Daryo” nashri uchun intervyu bergan viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning ta’kidlashicha, davlat rahbari tomonidan viloyatlarda shunday biznes forumlarni o‘tkazish qat’iy vazifa qilib qo‘yilgan. Ularning saviyasi ham chet el investorlarini qiziqtiradigan darajada bo‘lishi kerak.

— Forumning ko‘lamini ko‘rib turibsiz. 40 dan ortiq davlat vakillari, 300 dan oshiq xorijlik biznesmenlar qatnashmoqda. O‘zbekistoning chet eldagi 18 nafar elchisi, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan 20 dan ortiq dipkorpus vakillari ishtirok etyapti. Bu o‘z-o‘zidan bo‘lgani yo‘q. Hukumat tomonidan katta yordam ko‘rsatildi, Bosh vazirning maxsus farmoyishi qabul qilindi. Tashqi ishlar, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklari yaqindan ko‘mak berdi. Oldin o‘tkazilgan shu kabi investitsion forumlar tajribasi asqotdi, — dedi Xayrullo Bozorov.

Forumda ishtirok etayotgan mehmonlar orasida rossiyalik taniqli siyosatchi, Davlat dumasi deputati, Ta’lim bo‘yicha qo‘mita raisi Vyacheslav Nikonovni uchratdik va suhbatga tortdik.

—O‘zbekistonga 15 yil avval kelganiimda statika, ya’ni mudroq holatni kuzatgandim. Bugun esa esa dinamikani — shiddat, rivojlanishni ko‘ryapman. Jumladan, Namanganda ham. Viloyat va shahar rahbarlari tadbirkorlar, investorlar uchun qulay muhit yaratishga harakat qilmoqda. Aslida biznesning qoidasi shunday — qayerda yaxshi sharoit va kafolatlar bo‘lsa, o‘sha yerga intiladi.

Tadbir davomida Namangan shahridagi “Davlat xizmatlar markazi” binosida 4 ta yo‘nalish — sanoat, qishloq xo‘jaligi, turizm hamda innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni joriy etish mavzularida seksiyalar muhokamasi tashkil etildi. “Pahlavon” sport majmuasida esa mahalliy ishlab chiqaruvchilarning milliy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. ”V2V” formatdagi kooperatsion birjada tomonlar o‘zaro manfaatli shartnomalar yuzasidan kelishib oldi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgacha 35 ta kelishuv va memorandum imzolangan. Ularning jami summasi 300 million dollardan oshishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2019, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют