» » O‘zbekistonda chekishga qarshi ommaviy tadbirlar o‘tkazildi

O‘zbekistonda chekishga qarshi ommaviy tadbirlar o‘tkazildi


O‘zbekistonda 8-iyun kuni “Tanlov sizdan: tamaki yoki sog‘lom o‘pkalar” shiori ostida ommaviy tadbirlar o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Joylarda oilaviy poliklinikalar tomonidan mahalla fuqarolik yig‘inlari guzarlari, ta’lim muassasalari stadionlarida tashkil etilgan ommaviy tadbirlarda mahalliy aholi vakillari faol ishtirok etdi.

Jumladan, ushbu ommaviy tadbirlar doirasida poytaxtdagi G‘ofur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida Sog‘liqni saqlash vazirligi, hamkor tashkilotlar hamda ahli ishtirokida 5 kilometrga faol yurish va gimnastika mashqlari uyushtirildi. Shu bilan birga, “Salomatlik maydonchasi”, “Biz tamakisiz hudud uchun ovoz beramiz” tadbirlari ham bo‘lib o‘tdi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, tamaki mahsuloti undan foydalanuvchi insonlarning yarmidan ko‘pining o‘limiga sababchidir. Sigaretalar dunyo bo‘ylab yiliga qariyb 7 million odamning umriga zomin bo‘lmoqda. Ularning 6 milliondan ortig‘i kashandalar va sobiq chekuvchilar bo‘lsa, 890 mingdan ortig‘iga tamaki tutuni sabab.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ekspertlarining ta’kidlashicha, O‘zbekistonda hozirgi kunda 2,8 million nafar kashandadan yarmida chekish tufayli erta o‘lim xavfi mavjud. Tamaki mahsulotlariga qarshi faolroq choralar ko‘rilmasa, bu raqam yanada ortishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют