» » Dubaydagi YTHda Hindiston, Pokiston, Irlandiya va Ummon fuqarolari halok bo‘lgan

Dubaydagi YTHda Hindiston, Pokiston, Irlandiya va Ummon fuqarolari halok bo‘lgan


Ummonning Mwasalat transport kompaniyasi Dubayda kompaniyaga tegishli sayyohlik avtobusining yo‘l-transport hodisasiga uchrashi oqibatida halok bo‘lganlarning fuqaroligini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Dubaydagi Shayx Muhammad bin Zayd shossesida avariyaga uchragan avtobusda 31 nafar kishi bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi adashib avtobuslarga taqiqlangan hududga chiqib ketgan. Unda transport vositalari uchun balandlik cheklangan bo‘lgan. Oqibatda avtobus tomi chap tomondan butunlay chiqib ketgan.

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida 11 nafar hindistonlik, ikki nafar pokistonlik, bir nafar irlandiyalik, bir nafar ummonlik fuqaro halok bo‘lgan. Yo‘lovchilar orasida Germaniya va Bangladesh fuqarolari ham bo‘lgani aytilmoqda.

Umumiy hisobda, YTHda 17 kishi halok bo‘lgan, ularning 15 nafari voqea joyida, yana ikki nafari kasalxonada vafot etgan. Jabrlanganlarning olti nafariga uyga javob berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют