» » “Oqtepa lavash” mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ovqatdan zaharlanganlar soni 49 kishiga yetgan

“Oqtepa lavash” mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ovqatdan zaharlanganlar soni 49 kishiga yetgan


4—7-iyun kunlari Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi jami 49 nafar fuqaro “ovqatdan toksikoinfeksiya” tashxisi bilan Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasiga, 2 va 5-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonalariga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruvda ushbu fuqarolar shifoxonaga murojaat qilishidan avval Uchtepa tumani Lutfiy ko‘chasi, Sergeli tumani Yangi Qo‘yliq ko‘chasi hamda Sergeli tumani Yangi Sergeli ko‘chasida joylashgan “Oqtepa lavash” umumiy ovqatlanish tarmog‘ining uchta shoxobchasida tez tayyorlanuvchi taomlarni (sendvich, lavash va pitssa) iste’mol qilganliklari aniqlangan.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, mazkur holat yuzasidan 7-iyun kuni Toshkent shahar prokurori tomonidan “Oqtepa lavash” tarmog‘iga egalik qiluvchi Grand Azia Plus kompaniyasi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 186-moddasi 4-qismi “b” bandi (boshqacha og‘ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan iste’molchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi Bosh prokuratura axborotida.

Avvalroq Grand Azia Plus rahbariyati tarmoqning barcha filiallari yopilganini ma’ulm qilgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют