» » Qozog‘istonda gazdan zaharlangan 12 o‘zbekistonlikning bariga shifoxonadan ruxsat berildi

Qozog‘istonda gazdan zaharlangan 12 o‘zbekistonlikning bariga shifoxonadan ruxsat berildi


Qozog‘istonning Qarag‘anda shahrida 3-iyun kuni maishiy gazdan zaharlanish oqibatida shifoxonaga joylashtirilgan 12 nafar O‘zbekiston fuqarosining barchasiga 5-iyun kuni tibbiy muassasadan ruxsat berilgan. Bu haqda O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi ma’lumot berdi.

Eslatib o‘tamiz, hodisa oqibatida quyidagi O‘zbekiston fuqarolari jabrlangan edi:

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligidan ma’lum qilishlaricha, hozirda Qozog‘iston huquq-tartibot organlari tomonidan mazkur favqulodda holatning sabablarini aniqlash maqsadida surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Konsul va elchixonaning mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha attashesi Qarag‘anda shahriga kelgan hamda bu o‘zbekistonliklarning pasportlari yo‘qligi masalasi bilan ham shug‘ullanmoqda. Ma’lum qilinishicha, ular pasportlarini ro‘yxatdan o‘tishni rasmiylashtirish uchun o‘zlarini taklif qilgan boshqa bir o‘zbekistonlikka topshirgan.

“Shu munosabat bilan Konsullik-huquqiy departamenti chet elga ketayotgan fuqarolarga shaxsni tasdiqlovchi hujjatni hech qanday vaziyatda begona shaxslarga bermaslikni yana bir bor qat’iy tavsiya qilgan”, — deyiladi TIV axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2019, 00:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют