» » Qozog‘istonda 16 nafar o‘zbekistonlik maishiy gazdan zaharlandi

Qozog‘istonda 16 nafar o‘zbekistonlik maishiy gazdan zaharlandi


2019-yilning 3-iyun kuni soat 00.15 da Qozog‘istonning Qarag‘anda shahrida 16 nafar O‘zbekiston fuqarosi maishiy gazdan zaharlanishi qayd etilgan. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Qozog‘istondagi O‘zbekiston elchixonasiga tayanib xabar bermoqda.

O‘zbekistonliklar joylashtirilgan Qarag‘anda viloyati tibbiyot markazi toksikologiya bo‘limi tomonidan og‘zaki berilgan ma’lumotga binoan quyidagi O‘zbekiston fuqarolari zaharlangan:

-Xusanov Sardor, 20.07.2001-y.da tug‘ilgan;

-Djurayev Valentin, 15.04.1998-y.da tug‘ilgan;

-Xusanov Sharip, 08.02.1973-y.da tug‘ilgan;

-Tochkanov Alisher, 17.10.1996-y.da tug‘ilgan;

-Ne’matov Baxadur, 30.03.1992-y.da tug‘ilgan;

-Elbayev Odil, 12.04.1986-y.da tug‘ilgan;

-Yelbayev Farux, 02.02.1992-y.da tug‘ilgan;

-Tochkanov Shaxzod, 10.03.1999-y.da tug‘ilgan;

-Tochkanov Dastan, 24.10.1995-y.da tug‘ilgan;

-Tochkanov Aybek, 15.02.1996-y.da tug‘ilgan;

-Iskandarov Obid Salloxodinovich, 01.08.1995-y.da tug‘ilgan;

-Samiyev Azbek, 01.01.1998-y.da tug‘ilgan;

-Xusanov Egamberdi, 25.01.1976-y.da tug‘ilgan;

-Maurutov Izzat, 01.01.1991-y.da tug‘ilgan;

-Xusanov Niyaz, 01.01.1990-y.da tug‘ilgan;

-Xusanov Kobonuyet, 18.04.1982-y.da tug‘ilgan.

Qozog‘iston vakolatli organlarining dastlabki taxminlariga ko‘ra mazkur hodisa O‘zbekiston fuqarolari ta’mirlash ishlarini bajargan yangi qurilayotgan uyda benzin agregatidan is gazi chiqishi oqibatida sodir bo‘lgan.

Hamyurtlarimiz “maishiy gaz, jumladan is gazidan ingalyatsion zaharlanishning o‘rtacha og‘irlik darajasi. Toksikogipoksik ensefalopatiya” tashxisi bilan kasalxonaga joylashtirilgan.

Mazkur yurtdoshlarimizdan E.Xusanov, I.Maurutov, N.Xusanov va K.Xusanovga sog‘lig‘ining baqarar holatda ekanligi munosabati bilan ruxsat berilgan.

Qarag‘anda shahri huquq-tartibot organlari tomonidan mazkur favqulodda holatning sabab va oqibatlarini aniqlash maqsadida surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Elchixona tomonidan mazkur masala nazoratga olingan va murojaat uchun maxsus telefon raqami ochilgan: +77772182020.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 115) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют