» » Putinning qo‘riqchilari Si Szinpin sahnadan yiqilib tushayotganda qutqarib qoldi (video)

Putinning qo‘riqchilari Si Szinpin sahnadan yiqilib tushayotganda qutqarib qoldi (video)


Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi majlisidan so‘ng Xitoy vakili Si Szinpinni jurnalistlar sahnadan yiqitib yuborishiga oz qoldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Tadbir tugashi bilan turli mamlakat delegatsiya vakillari va jurnalistlar sahna oldiga yugurib keldi. Ularning ba’zilari spikerga savol berishga shoshilgan, ba’zilari esa suratga olish maqsadida kelgan.

Ularning orasida eng faoli Xitoy delegratsiyasi bo‘lib chiqdi. Ular o‘z rahbarlari bilan baland ovozda salomlashdi va turli yo‘llar bilan Szinpinning e’tiborini tortdi. Si Szinpin esa ulardan biri bilan qo‘l siqishib salomlashdi va sahnadan yiqilib ketishiga oz qoldi. Uni Rossiya prezidentining qo‘riqchilari tutib qolishga muvaffaq bo‘ldi. Shundan so‘ng xitoylik rahbar zalni tark etdi.

Нихао! Журналисты китайского пула так горячо приветствовали Си Цзиньпина, что чуть не уронили китайского лидера. Охрана Путина помогла ему удержаться pic.twitter.com/7n1JQaYqA6

— Кремлевский пул РИА (@Kremlinpool_RIA) June 7, 2019

Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi 6—8-iyun kunlari bo‘lib o‘tdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют