» » Krishtianu Ronaldu bilan katta intervyu: 34 yoshda ham to‘xtamayotgani, terma jamoa va Niderlandiya bilan final haqida

Krishtianu Ronaldu bilan katta intervyu: 34 yoshda ham to‘xtamayotgani, terma jamoa va Niderlandiya bilan final haqida


Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Millatlar Ligasi finalidan oldin UEFA rasmiy saytiga kattagina intervyu berdi.

— Mamlakat bosh jamoasiga qaytishingiz bilan gol urdingiz. Taassurotlar qanday?

— Terma jamoa ixtiyoriga kelish men uchun hamisha sharaf bo‘lgan. Bu mening mamlakatim jamoasi. Uning libosini kiyish esa kamina uchun ulkan g‘urur belgisi. Millatlar Ligasi musobaqasidagi ishtirok — o‘ziga xos tajriba. Unda gol urish esa tort ustidagi olcha yanglig‘dir.

— Bu yoshda (Ronaldu 34 ta to‘ldi) ham cho‘qqida qolishning siri nimada?

Hamma gap tayyorgarlikda — mening ishlash etikam shunday. 34 yoshda bo‘lishimga qaramay, o‘zimni ajoyib his qilmoqdaman. Eng asosiysi, xayolda nima borligi. Asosiysi, motivatsiya va baxtni his qila olish, yarim yo‘lda taslim bo‘lmaslik — mana shularning hammasi men futbolda nimagaki erishgan bo‘lsam, barchasiga sababchi. O‘zimni qoyilmaqom his etyapman.

— Tez orada Niderlandiya bilan final: raqib haqida nima deya olasiz?

Niderlandiya — ajoyib jamoa. Ular juda ham yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda. Ularning so‘nggi o‘yinlarini kuzatib bordim. Ularda ajoyib o‘yinchilar bilan birga yaxshi jamoa bor. Yoshlar va tajribali futbolchilar uyg‘unligi paydo bo‘lgan. Bu esa niderlandlarni yanada kuchliroq qiladi. Ularning kuchli raqib ekanligini bilamiz. Ammo biz uchun ham ular uchun ham final qiyin o‘tishi tabiiy.

— Ronaldu o‘z vatanida o‘tayotgan musobaqa g‘olibligini qo‘lga kirita oladimi?

— Avval aytganimdek, milliy terma jamoa libosini kiyish men uchun sharaf. Klubdagi o‘yinlar bilan solishtirganda, bu yerda boshqa hislarni tuyasan. Bu bizning mamlakatimiz: oilam Portugaliyadan, do‘stlarim ham. Men Portugaliyada ulg‘aydim. Shuning uchun bu mamlakat sharafini himoya qilish o‘zgacha tuyg‘ularni taqdim etadi. Sovrinlar uchun kurashish imkoniyatining borligi esa milliy terma jamoa o‘yinlarini yanada o‘ziga xos qiladi. Bunday holat Yevro—2004, Yevro—2016 da bor edi, hozir ham shunday. Bu bizning uchinchi finalimiz, demak, men 2-sovrinimizni yutishga umid qilib qolaman. Agar shunday bo‘lsa, ajoyib ish bo‘lar edi. Buning uchun menda va jamoadoshlarimda umid bor. Men hamma bizning kuchimizga ishonishni xohlardim. Chunki biz g‘alaba uchun qo‘limizdan kelganicha harakat qilamiz. Biz hammamiz birgalikda chempion bo‘lishimiz mumkin.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют