» » O‘zbekistonda qabul kvotalari qachon e’lon qilinadi?

O‘zbekistonda qabul kvotalari qachon e’lon qilinadi?


Kelasi haftadan, ya’ni 15-iyundan boshlab, butun respublika bo‘ylab OTMlarga qabul jarayonlari boshlanishi kerak, deb yozadi huquqshunos Xushnudbek Xudayberdiyev o‘z Telegram-kanalida.

Ammo shunday bo‘lsa-da, joriy yilgi qabul kvotalari hozircha tasdiqlanmadi. Vaholanki, qaysi OTM qaysi yo‘nalishga nechta talaba qabul qilishi aniq bo‘lmasdan turib, qabul jarayonlari boshlanmasligini ko‘pchilik bilmasa kerak. Ya’ni mabodo qabul kvotalari o‘z vaqtida tasdiqlanmasa, unda 15-iyun kelgan bo‘lsa ham, abituriyentlardan hujjatlar qabul qilinmaydi, qaror chiqqungacha kutiladi.

1998-yildan buyon tahlil qilib ko‘rsak, bunday holat 4 marta ro‘y bergan. 2004, 2011, 2014 va 2015-yillarda qabul kvotalari kech tasdiqlangan va shu sababli qabul jarayonlari qonunchilikda belgilangan muddatlardan kechikib boshlangan.

Eng rekord darajada kech tasdiqlangan qabul kvotalari 2011-yilda kuzatilgan. O‘shanda tegishli qaror Prezident tomonidan 4-iyul kuni imzolangan hamda 20-iyunda boshlanishi kerak bo‘lgan qabul jarayonlariga 2 hafta kechikib start berilgan.

Aytgancha, o‘tgan yili ham bitta OTM uchun qabul jarayonining kechikib boshlanish holati kuzatildi. Aniqrog‘i Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining qabul kvotalari qolgan OTMlarnikidan kechroq – 21-iyun kuni tasdiqlandi va ushbu OTMda qabul qonunchilikda belgilangandan 1 hafta kechikib boshlandi.

Joriy yilgi qabul kvotalari qachon tasdiqlanishi hozircha ma’lum emas.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, 2005-yildan boshlab qabul kvotalari Prezident qarori bilan tasdiqlanadi. Ungacha esa Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan.

Quyida esa turli o‘quv yillarida qabul kvotalari qaysi sanada tasdiqlangani va bakalavriat uchun qabul kvotalarining soni haqidagi ma’lumot bilan tanishishingiz mumkin:

2018/19-o‘quv yili — 4-iyun (qabul kvotasi soni: 69.200)

2017/18 — 5-may (66.316);

2016/17 — 26-may (57.907);

2015/16 — 23-iyun (57.907);

2014/15 — 26-iyun (57.907);

2013/14 — 11-iyun (56.607);

2012/13 — 7-may (56.607);

2011/12 — 4-iyul (56.607);

2010/11 — 28-may (56.607);

2009/10 — 4-iyun (57.305);

2008/09 — 19-may (58.000);

2007/08 — 30-may (51.604);

2006/07 — 2-iyun (51.604);

2005/06 — 2-iyun (51.175);

2004/05 — 24-iyun (51.175);

2003/04 — 14-iyun (51.100);

2002/03 — 4-iyun (51.100);

2001/02 — 12-iyun (49.500);

2000/01 — 8-iyun (49.500);

1999/2000 — 2-iyun (43.653);

1998/99 — 25-may (42.000).

Izoh: qabul kvotalari soni qo‘shimcha qabullar va o‘zgarishlar evaziga ko‘rsatilgan raqamlardan ko‘proqni tashkil qilgan bo‘lishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют