» » Jizzax shahrining Chuqursoy ko‘chasidagi “chuqurlashib” ketgan muammolar

Jizzax shahrining Chuqursoy ko‘chasidagi “chuqurlashib” ketgan muammolar


Jizzax shahrining Bunyodkor mahallasi Chuqursoy ko‘chasida istiqomat qiluvchi Rohatoy Rahimova imzosi bilan shikoyat xati olindi. Bu haqda Jizzax viloyati hokimligi rasmiy veb-saytida xabar beradi.

Xatda 2015-yildan beri yuqorida ko‘rsatilgan manzilda yashayotgan fuqaro xonadoni elektr enegiyasi bilan ta’minlamaganidan aziyat chekayotganligi, bu to‘g‘rida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jizzax viloyat Xalq qabulxonasiga murojaat qilsa hamki, biror natijaga erishilmaganligi bayon etgan edi.

—3842 nafar aholisi bo‘lgan mahallamizda elektr, suv, tabiiy gaz ta’minotidan noliydigan joyimiz yo‘q, — deydi fuqarolar yig‘ini raisi O‘ktam Abdusolihov. — Biroq Chuqursoy ko‘chasining bir qismiga hali elektr, ichimlik suvi, tabiiy gaz yetib bormaganligi bor haqiqat. Chunki, ko‘chadagi bir qator shaxsiy uy-joylarda qurilish ishlari davom etayotir. Uyi bitib ko‘chib chiqqan fuqarolar elektr, ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlanmaganligidan aziyat chekmoqda.

Fuqaro Rohatoy Rahimovaning Xalq qabulxonasiga qilgan murojaati o‘rganish va yuzaga kelgan muammoni bartaraf etish maqsadida “Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyatiga yuborildi.

Korxona mutasaddilari muammoni bartaraf etishning eng oson yo‘lidan, ya’ni “otangga bor” qabilida ish tutib, undan osongina qutilishdi. Bosh direktori B.Ibragimov imzosi bilan fuqaro R.Rahimova va Xalq qabulxonasi mudiriga yuborilgan javob xatida “Yakka tartibdagi uy-joylar, kommunikatsiya tizimi, elektr tarmoqlari qurilishi mahalliy budjet hisobidan amalga oshiriladi”, deya xat yo‘llab qo‘yaqolishdi.

Uch yildan beri qo‘shnilarning devorlaridan xavfsizlik qoidalariga mutlaqo zid ravishda faqat xona ichida foydalanish mumkin bo‘lgan elektr simi orqali tarmoqqa ulangan Rohatoy Rahimova endi xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining sessiyasida o‘zi yashayotgan Chuqursoy ko‘chasini elektrlashtirish masalasini ko‘tarishi kerakmi?

Mahalla faoli Temur To‘xtayev aytmoqchi, Bunyodkordagi ko‘pgina ko‘chalarga hashar yo‘li bilan aholining mablag‘lari evaziga elektr tarmog‘i tortilgach, korxona uni qo‘l uchida sekingina o‘z hisobiga o‘tkazib olgan ekan.

Shuning uchun ham “Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati mutasaddilari Rohatoy Rahimovaga qo‘ni-qo‘shnilar bilan birgalashib elektr ustunlari, sim va boshqa jihozlar sotib olib, elektr tarmog‘i tortib olishni tavsiya qilgandir...

Shuni ham aytish kerakki, biz “Chuqursoy” deya atayotgan ko‘chaning hech ham ko‘cha siyohi yo‘q. Bu ko‘chada yashayotgan Rohatoy Rahimova singari aholi, ayniqsa bolalar yozda uydim-chuqur, chiqindiga to‘la, yantoq, sho‘ra va boshqa begona o‘t bosgan, qishda esa loyda yura olmay aziyat chekayotganligini ko‘rib turgan “kattalar”ga qilinayotgan murojaatlar qachongacha e’tiborsiz qoladi?

Prezident “Insonlarning dard-u tashvishlarini o‘ylab yashash – odamiylikning eng oliy mezonidir”, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” deb turgan bir paytda “Otangga bor, onagga bor” qabilida ish tutishning kimga keragi bor?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют