» » Buxoroda kurash bo‘yicha xalqaro musobaqaga uch qit’adan 100 dan ortiq polvon keldi

Buxoroda kurash bo‘yicha xalqaro musobaqaga uch qit’adan 100 dan ortiq polvon keldi


Buxoro shahrida o‘tkazilayotgan kurash bo‘yicha Prezident sovrini uchun Bahouddin Naqshband xotirasiga bag‘ishlangan I xalqaro turnirga uch qit’adan 100 nafardan ortiq polvon keldi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Viloyat kurash federatsiyasi ijrochi direktori Savriddin Umarovning bildirishicha, musobaqaning umumiy sovrin jamg‘armasi 70 ming AQSh dollarini tashkil etadi. Musobaqada o‘z vazn toifasida birinchi o‘rinni egallagan polvonlar oltin medal va 3 ming dollar pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Ikkinchi o‘rin sohiblariga kumush medal bilan birga 2 ming dollar beriladi. Uchinchi o‘rinni egallagan ikki sportchining har biriga bronza medali va 1 ming dollarlik pul mukofoti topshiriladi.

Turnirda bellashuvlarni katta tajribaga ega xalqaro toifadagi hakamlar boshqarib boradi.

— O‘zbekistonda har yili uchtadan yirik musobaqa o‘tkazishni rejalashtirganmiz. Keyingi rejalarimizga ko‘ra, kurash musobaqalari London va Parijda o‘tkaziladi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda nufuzli kurash akademiyasi ham tashkil etiladi, — deydi Kurash xalqaro assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Komiljon Yusupov.

“Buxoro” sport majmuasida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirning tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev, Jismoniy tarbiya va sport vaziri o‘rinbosari Oybek Qosimov va boshqalar ishtirokchilarni qutladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 114) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют