» » Namangandagi xalqaro investforumda 350 mln dollarlik 50 dan ortiq kelishuv va shartnoma imzolandi (foto)

Namangandagi xalqaro investforumda 350 mln dollarlik 50 dan ortiq kelishuv va shartnoma imzolandi (foto)


“Doing business with Namangan” xalqaro investitsiya forumi yakuniga yetdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Forumda 500 dan ortiq mehmon, jumladan, 36 davlat kompaniya va korxonalari vakillari, mamlakatdagi diplomatik korpus va xorijiy OAV xodimlari, O‘zbekistonning 18 davlatdagi elchisi ishtirok etdi.

Namangan viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Ayubxon Kamolovning bildirishicha, forum doirasida 50 dan ortiq kelishuv va shartnoma imzolandi. Ularning umumiy summasi 350 million dollarga yaqin va 20 ta davlatni qamrab oladi.

Jumladan, Hindistonning Ultimate Investment kompaniyasi bilan o‘tkazilgan muzokaralar natijasida Namanganda uch va to‘rt yulduzli mehmonxonalar qurish bo‘yicha 50 million dollarlik bitim imzolandi.

Xitoyning Yantag Jimpeng Mining kompaniyasi Pop tumanida foydali qazilmalar qazib olish bo‘yicha 40 million dollarlik loyihani amalga oshiradi.

Rossiyaning “Tavif savdo uyi” mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan to‘qimachilik mahsulotlari eksporti bo‘yicha 30 million dollarlik kelishuvga erishildi.

Avstriyaning AME International va AVK kompaniyalari 10 million dollar kredit jalb etgan holda viloyat kardiologiya markazi moddiy-texnik bazasini takomillashtiradi.

Tadbir ishtirokchilari viloyatdagi “Art Soft Teks”, “Chortoq mineral water”, “Ideal” kabi yirik kompaniyalar faoliyati bilan tanishdi.

Mehmonlar Axsikent arxeologik yodgorligi, “Chortoq resort” sanatoriy-sog‘lomlashtirish markazi, Ibrat nomidagi majmua, Namangan shahridagi yaqinda an’anaviy “Gullar bayrami” nishonlangan Bobur nomli bog‘da bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2019, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют