» » Jizzaxda davlat chegarasini buzgan shaxs uch yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Jizzaxda davlat chegarasini buzgan shaxs uch yilga ozodlikdan mahrum qilindi


Jizzaxda O‘zbekiston—Qozog‘iston chegarasini buzgan shaxsga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, sudlanuvchi S.Hamdamov (ism-sharifi o‘zgartirilgan) Farg‘ona viloyati, Toshloq tumani, “Zarkent” mahallasida yashab kelib, oilaviy yashash sharoiti og‘irligi sababli 2011-yilda ishlash uchun Qozog‘istonga chiqib ketgan.

U yerda 8 yil davomida qurilish ishlarida ustachilik qilib, oilasiga ishlagan ish haqlarini muntazam yuborib turganidan so‘ng, uyga qaytishga qaror qilgan.

Biroq pasportini yo‘qotganligi sababli, O‘zbekiston—Qozog‘iston chegarasini yashirin yo‘llar bilan buzib, Jizzaxning Mirzacho‘l tumaniga kelgan va u yerdan o‘z uyiga Farg‘ona viloyati, Toshloq tumaniga borgan.

Mirzacho‘l tuman IIB xodimlari tomonidan tezkor qidiruv harakatlari davomida chegara buzuvchi S.Hamdamov ekanligi aniqlangan. U Jinoyat kodeksining 223-moddasi 1-qismi bilan ayblanib, ish sudga oshirilgan.

Sud tomonidan S.Hamdamovga 3 uch yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, oilaviy sharoiti va boshqa holatlarni inobatga olib, Jinoyat kodeksining 72-moddasiga asosan 1 yil sinov muddati belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют