» » Delta City Toshkentning boshqa qismida quriladigan bo‘ldi

Delta City Toshkentning boshqa qismida quriladigan bo‘ldi


Delta City yuqori texnologiyali innovatsion markazi Toshkentning boshqa qismida quriladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qarorida aytiladi, deb yozadi Repost.

Ta’kidlanishicha, Loyiha boshqaruv milliy agentligi va Toshkent shahri hokimiga bir oy muddat ichida Janubiy Koreyaning Posco E&C kompaniyasi bilan poytaxtning boshqa qismida Delta City yuqori texnologiyali innovatsion markazi qurilishi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish va muzokaralar natijasi bo‘yicha prezident Administratsiyasiga takliflar kiritish vazifasi topshirilgan.

Delta City — bu yuqori texnologiyali markaz bo‘lib, u dastlab Hi-Tech City deb nomlanib, Yunusobod tumanida barpo etish rejalashtirilgan edi. Markaz nomi 2018-yilning 4-iyul kuni o‘zgartirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют